TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.11K
Photos
846
Videos
243
Links
645

Showing posts older than #1126 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #1125 466
Xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning navbatdagi qadamlari muhokama qilindi

"O‘zbekekspertiza" AJda International Trade Centre (ITC) ning Markaziy Osiy va Sharqiy Yevropa bilan hamkorlik yo‘nalishi boshlig‘i Yelena Butrimova boshligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ITC O‘zbekistonda vakolatxonasiga ega bo‘lib, Yevropa Ittifoqi ko‘magida xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir nechta muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.

Muloqot davomida "O‘zbekekspertiza" AJ Bosh direktori Umid A’zamxo‘jayev va ITC vakillari tomonidan "Ready for Trade" dasturi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari kelib chiqish sertifikatlarini o‘zaro elektron shaklda tan olishi borasida O‘zbekekspertiza va ITC birgalikda amalga oshirilgan va istiqboldagi ishlar muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida taraflar hamkorlikni davom ettirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga turtki beradigan yangi qo‘shma hamkorlik loyihalarini tashkil etishga kelishib oldilar.  

➡️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #1120 529
✔️ Jizzaxda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 29-sentabr kuni Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada jami 100 dan ortiq korxona ishtirok etmoqda. Birinchi kunning o‘zida 400 dan ortiq ishtirokchi ko‘rgazmaga tashrif buyurdi. Korxonalar avtomobilsozlik uchun mo‘ljallangan mahsulotlari, butlovchi va ehtiyot qismlari hamda texnologik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Ochilish marosimida ko‘rgazmaning asosiy maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik avtomobilsozlik korxonalari bilan bog‘lash, import qilinayotgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish ekani ta’kidlandi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar yirik buyurtmachilarning ehtiyojlarini bevosita o‘rganishi, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni muhokama qilishi hamda B2B va B2G muzokaralarda ishtirok etishi mumkin.

Ko‘rgazma bir yirik zavodga o‘ndan ortiq mahalliy tadbirkor bilan hamkorlik o‘rnatish, ilgari faqat bitta zavodga mahsulot yetkazib bergan tadbirkorga esa boshqa yirik korxonalarga ham chiqish imkonini beradi.


📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
✔️ Ko‘rgazma 30-sentabr kuni ham davom etadi.

Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🙏 1
Post #1119 650
🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimidan lavhalar

Jizzaxda avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Ochilish marosimidan lavhalarni tomosha qiling!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • ✍ 1
Post #1117 501
▶️ LIVE | “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlandi

Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati vakillari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik buyurtmachilarni bir maydonda jamlaydigan ko‘rgazma boshlandi.

Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 2
Post #1116 573
🚘 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi boshlanish arafasida!

Jizzaxda avtomobilsozlik sanoati vakillari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik buyurtmachilarni bir maydonda jamlaydigan ko‘rgazma boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi.

Ko‘rgazma maydoni tayyor, ishtirokchilar yig'ilmoqda.

📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji”.

Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 6
  • 👍 4
  • 👏 4
  • ❤ 1
Post #1112 518
🇺🇿🇰🇷 Koreyada ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda masʼul idora vakillari Koreya Respublikasidagi “Eunsung Telecom” yarimo‘tkazgichlar ilmiy-tadqiqot instituti va ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik imkoniyatlari o‘rganilib, PCB (bosma elektron platalar) va SMT texnologiyalari asosidagi ishlab chiqarishni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, zamonaviy uskunalar va texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Roboblock System” kompaniyasi rahbari bilan uchrashuvda ta’lim, sanoat yo‘nalishida qo‘llaniladigan dronlar va robototexnika texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish, tegishli mutaxassislarni tayyorlash hamda istiqbolda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif va muzokaralardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Koreyaning ilg‘or texnologik, ta’limiy va tadbirkorlik salohiyatini O‘zbekistonning sanoat infratuzilmasi va davlat xaridlari tizimi bilan uyg‘unlashtirishdir.

Hamkorlikni “texnologiyalar transferi — kadrlar tayyorlash — mahalliylashtirish — davlat xaridlari” tamoyili asosida rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mahalliy korxonalarning texnologik salohiyatini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👏 1
  • 👌 1
Post #1111 649
#IshtirokchiFikri

🚘 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi ishtirokchilar nigohida

Ko‘rgazma oldidan biznes vakillari bilan suhbatlashib, ularning ushbu tadbirdan nimalar kutayotgani bilan qiziqdik.

Tadbirkorlar yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yirik buyurtmachilarga o‘z mahsulotlarini namoyish etish, kooperatsiya loyihalarini shakllantirish hamda istiqbolli shartnomalar tuzishni asosiy imkoniyat sifatida qayd etdilar.

🎥 Ishtirokchilarning fikr va kutilmalarini videoda tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🔥 3
Post #1110 788
#IshtirokchiFikri

🏛️ “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik davom etmoqda

Biz esa ko‘rgazmada ishtirok etadigan biznes vakillaridan bir savolni so‘radik: ushbu maydondan qanday natija kutyapsiz?


Yangi hamkorlar, yirik buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, kooperatsiya va yangi shartnomalar — tadbirkorlar kutayotgan asosiy imkoniyatlar shular.

Biznes vakilining fikrini videoda tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 3
Post #1109 1.11K
✔️ Jizzaxda “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

Ayni paytda ko‘rgazma maydonida so‘nggi tashkiliy ishlar olib borilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari joylashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ertaga, 29-sentabr kuni o‘z ishini boshlaydi.

📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

🔴 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 1
Post #1108 531
#Milliy_sanoat_zanjiri

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 1️⃣ kun qoldi

Ertaga, 29-sentabr kuni Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik sanoat korxonalari va buyurtmachilarni bir maydonda jamlab, yangi kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorliklarni shakllantirish uchun amaliy platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda avtomobilsozlik uchun detallar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, uskunalar hamda zamonaviy texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.

⛓️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓️ 29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi

🔴 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🤝 2
Post #1105 532
🇨🇳Uxan va Shanxay shaharlarida Agentlik xodimlarining sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishidagi seminarlarda ishtiroki

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlarining Xitoy Xalq Respublikasining Uxan va Shanxay shaharlarida tashkil etilgan xalqaro seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki orqali sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda innovatsion yechimlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyati yaratildi.

✔️ Seminarlar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va xizmatlari jarayonlariga tatbiq etish, raqamli transformatsiya, davlat xaridlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, innovatsion boshqaruv mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlar va fikr almashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida Xitoyning iqtisodiy va sanoat rivojlanishi, hududiy boshqaruv, biznes muhitini shakllantirish, xalqaro hamkorlik hamda zamonaviy davlat boshqaruvi tajribasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur seminarlarda ishtirok etish Agentlik xodimlarining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda uni davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohalarini raqamlashtirish jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 🔥 3
  • 👏 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →