Bugun, 29-sentabr kuni Jizzax shahrida avtomobilsozlik sanoatiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada jami 100 dan ortiq korxona ishtirok etmoqda. Birinchi kunning o‘zida 400 dan ortiq ishtirokchi ko‘rgazmaga tashrif buyurdi. Korxonalar avtomobilsozlik uchun mo‘ljallangan mahsulotlari, butlovchi va ehtiyot qismlari hamda texnologik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Ochilish marosimida ko‘rgazmaning asosiy maqsadi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik avtomobilsozlik korxonalari bilan bog‘lash, import qilinayotgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish va yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish ekani ta’kidlandi.
Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar yirik buyurtmachilarning ehtiyojlarini bevosita o‘rganishi, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni muhokama qilishi hamda B2B va B2G muzokaralarda ishtirok etishi mumkin.
Ko‘rgazma bir yirik zavodga o‘ndan ortiq mahalliy tadbirkor bilan hamkorlik o‘rnatish, ilgari faqat bitta zavodga mahsulot yetkazib bergan tadbirkorga esa boshqa yirik korxonalarga ham chiqish imkonini beradi.
📍 Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
✔️ Ko‘rgazma 30-sentabr kuni ham davom etadi.
Biz bilan birga bo‘ling — ko‘rgazmadan eng muhim jarayonlarni yoritib boramiz!
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



