Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xodimlarining Xitoy Xalq Respublikasining Uxan va Shanxay shaharlarida tashkil etilgan xalqaro seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki orqali sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari hamda innovatsion yechimlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish imkoniyati yaratildi.
✔️ Seminarlar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi va xizmatlari jarayonlariga tatbiq etish, raqamli transformatsiya, davlat xaridlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, innovatsion boshqaruv mexanizmlari bo‘yicha taqdimotlar va fikr almashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida Xitoyning iqtisodiy va sanoat rivojlanishi, hududiy boshqaruv, biznes muhitini shakllantirish, xalqaro hamkorlik hamda zamonaviy davlat boshqaruvi tajribasi bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur seminarlarda ishtirok etish Agentlik xodimlarining sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda uni davlat xaridlari va sanoat kooperatsiyasi sohalarini raqamlashtirish jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin


