TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.09K subscribers
Post #1125 499
Xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning navbatdagi qadamlari muhokama qilindi

"O‘zbekekspertiza" AJda International Trade Centre (ITC) ning Markaziy Osiy va Sharqiy Yevropa bilan hamkorlik yo‘nalishi boshlig‘i Yelena Butrimova boshligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ITC O‘zbekistonda vakolatxonasiga ega bo‘lib, Yevropa Ittifoqi ko‘magida xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda bir nechta muhim loyihalarni amalga oshirmoqda.

Muloqot davomida "O‘zbekekspertiza" AJ Bosh direktori Umid A’zamxo‘jayev va ITC vakillari tomonidan "Ready for Trade" dasturi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari kelib chiqish sertifikatlarini o‘zaro elektron shaklda tan olishi borasida O‘zbekekspertiza va ITC birgalikda amalga oshirilgan va istiqboldagi ishlar muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida taraflar hamkorlikni davom ettirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga turtki beradigan yangi qo‘shma hamkorlik loyihalarini tashkil etishga kelishib oldilar.  

➡️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 4, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 28 sentabr – 3 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyas…
  2. Oct 3, 2026🇨🇳 Agentlik vakillari Xitoydagi xalqaro seminarni muvaffaqiyatli yakunladi 2026-yil 14–2…
  3. Oct 3, 2026✈️ “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha…
  4. Oct 3, 2026✔️Davlat xaridlari bo‘yicha 400 dan ortiq foydalanuvchi sertifikat oldi Davlat xaridlari s…
  5. Oct 3, 2026🇺🇿🇷🇺Rossiya bozoriga eksport imkoniyatlarini kengaytirish va elektron tijorat sohasida…
  6. Oct 3, 2026🏛️ Jizzaxdagi ko‘rgazma yangi sanoat aloqalariga yo‘l ochdi 29–30-sentabr kunlari Jizzax…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →