Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni doirasida Agentlik, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda transport tarmog‘i korxonalari o‘rtasida ilm-fan, innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Jumladan:
◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi — Toshkent davlat transport universiteti
Transport sohasi uchun innovatsion yechimlar, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha.
◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mahalliy ishlab chiqarish, innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha.
◾️Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi — Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti
Materialshunoslik sohasidagi ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha.
◾️Toshkent davlat transport universiteti — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Transport sohasi uchun mahalliy dasturiy yechimlar, innovatsion ishlanmalar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha.
◾️Toshkent davlat transport universiteti — “Temiryo‘linfratuzilma” AJ
Temir yo‘l infratuzilmasi uchun ilmiy va texnologik yechimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha.
◾️Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti — “Uzbekistan Airports” AJ
Aviatsiya sohasida innovatsion texnologiyalar va ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha.
Ko‘rgazma doirasida imzolangan memorandumlar soni va yo‘nalishlari keng. Ular haqidagi batafsil ma’lumotlar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida navbatma-navbat yoritib boriladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin