🤝 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida transport sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar va servis xizmatlarini joriy etish, universitet tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy dasturiy yechimlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Xususan, temir yo‘l sohasi uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot ayrim xizmatlarni mahalliy yechimlar asosida tashkil etish hamda xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.
Ko’rgazma davom etmoqda.
#Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #691
3.34K