TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #684 1.16K
🚄“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga start berildi

Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik davlat buyurtmachilari bilan bir maydonda uchrashtirib, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va transport sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra esa ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.

Shu maqsadda tashkil etilgan ko‘rgazmada 80 ta tarmoq va hududiy korxona transport sohasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlari, butlovchi qismlari hamda texnologik yechimlarini namoyish etmoqda.

Tadbir davomida B2B va B2G uchrashuvlari, amaliy muzokaralar hamda hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini imzolash jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.

📸 Foto: ko‘rgazmaning ochilish marosimidan lavhalar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 10
  • 🔥 5
  • 👏 5
  • ❤‍🔥 1
  • 🆒 1
More from @icppa
  1. Oct 14, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Семинар-тренинг по подготовке специалистов по локализации производства…
  2. Oct 14, 2026✔️ Mashinasozlik korxonalari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari O‘zbekiston mashinasozlik…
  3. Oct 14, 2026🏛️ Agentlikda Ultradecor Global kompaniyasi vakillari bilan investitsiyaviy hamkorlik mas…
  4. Oct 14, 2026🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun imzolandi O‘zbekiston Respublikasi P…
  5. Oct 14, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | Qandolat mahsulotlari bozorida yangi imkoniyatlar Oddiy s…
  6. Oct 14, 2026🇬🇧Xalqaro ekspert O‘zbekistondagi davlat xaridlari islohotlarini e’tirof etdi Bugungi ku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →