TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10682 260
“Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentyabrdagi “Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-326-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialining “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Prezidentning yoqilgʻi-energetika masalalari boʻyicha maslahatchisi Behzod Normatov, “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi Marufxon Xodjayev hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida shoxobchada oʻrganish ishlari olib borildi. Masʼullar modernizatsiya doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, ularning bajarilish muddatlari va kutilayotgan natijalar bilan tanishdi.

Ayni paytda “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida umumiy hajmi 400 m³ boʻlgan 8 ta sigʻim mavjud boʻlib, suyultirilgan gazni saqlash quvvati 180,2 tonnani tashkil etadi. Modernizatsiya ishlari yakunlangach, shoxobchada umumiy hajmi 1 400 m³ boʻlgan 18 ta sigʻim tashkil etilib, saqlash quvvati 630,7 tonnaga yetkaziladi.

Shuningdek, qoʻshimcha 30 ta gaz quyish kolonkasi oʻrnatilib, shoxobchaning oylik gaz quyish quvvati 1 755 tonnadan 5 265 tonnagacha oshiriladi. Bu esa suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼminot davriyligini qisqartirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻrganishlar davomida “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari modernizatsiya ishlarini jadallashtirish, suyultirilgan gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hamda taqsimot jarayonlarida shaffoflikni yanada kuchaytirish va korrupsion xavflarni kamaytirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Sep 27, 2026Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahar Yangihayot tumani “Chortoq” MFY, Chortoq 3-tor ko…
  2. Sep 26, 2026#Maxsus_reportaj “StartupFest”: Yoshlar gʻoyasi - Yangi texnologiyalar va yechimlar “Oʻzbe…
  3. Sep 26, 2026#dual_talim Dual taʼlim orqali malakali kadrlar tayyorlanmoqda “Hududgaztaʼminot” AJ va Is…
  4. Sep 25, 2026Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda Yashnobod tumanida…
  5. Sep 25, 2026Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda 2,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanis…
  6. Sep 25, 2026📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Res…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →