Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahar Yangihayot tumani “Chortoq” MFY, Chortoq 3-tor ko‘chasida joylashgan ma’nan eskirgan 2 dona RDBK-1,25 rusumli GTP o‘rniga yangi 2 dona RDUK-50 rusumli GTP va filtr o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining “Yangihayotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 28-sentabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 28-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Aholi iste’molchilari:
• “Chortoq” MFY Chortoq va Navro‘z ko‘chalaridagi yerli xonadonlar — 180 ta.
Ulgurji iste’molchilar:
• 5 ta.
Gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10745
194