#dual_talim
Dual taʼlim orqali malakali kadrlar tayyorlanmoqda
“Hududgaztaʼminot” AJ va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan dual taʼlim dasturi doirasida joriy oʻquv yilida ham amaliy oʻquv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Ayni paytda universitetning “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transport tizimlari” kafedrasi bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan 27 nafar talaba dual taʼlim asosida oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda. Talabalar uchun haftaning ikki kuni Qibray tumanida nazariy darslar, yana ikki kun davomida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialining tuman gaz taʼminoti boʻlimlarida amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.
Amaliy jarayonlarda talabalar gaz taʼminoti tizimining kundalik faoliyati, gaz tarmoqlari va qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish, isteʼmolchilar bilan ishlash hamda sohada qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita tanishmoqda.
Mazkur oʻquv jarayonlari nafaqat Toshkent shahrida, balki respublikaning boshqa hududlarida ham qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Hududlardagi talabalar ham tegishli gaz taʼminoti tashkilotlari va ishlab chiqarish obyektlaridagi amaliy jarayonlarga jalb etilmoqda.
Dual taʼlim talabalarga oliy taʼlim muassasasida olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uygʻunlashtirish, bitiruvga qadar amaliy koʻnikma va kasbiy tajriba orttirish imkonini beradi.
💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Post #10738
418





