TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10759 292
👍 O‘zbekiston va BAA: strategik sheriklik yangi imkoniyatlar bilan boyimoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tilaklari yetkazildi. Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🔷Bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik savdo va investitsiyalardan tashqari energetika, infratuzilma, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va turizm kabi yo‘nalishlarni ham qamrab olmoqda.

🔷2026-yil yanvar–iyul oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 807,6 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi 425 ta korxona faoliyat yuritmoqda, investitsiyaviy hamkorlik doirasida esa 16,7 milliard dollarlik 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildik, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdik”, - dedi Saida Mirziyoyeva.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Sep 28, 2026#Murojaat_va_yechim Yunusobodda murojaatlar joyida o‘rganildi “Hududgaz Poytaxt” GTF, Yunu…
  2. Sep 28, 2026❗️ Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “Damariq” MFY, A. Qahhor ko‘…
  3. Sep 28, 2026❗️ Hurmatli iste’molchilar! Sergeli tumani, “Madadkor” MFY, Sergeli-5 mavzesi, Mehrigiyo k…
  4. Sep 28, 2026📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallari Hurmatli isteʼmolchilar…
  5. Sep 28, 2026#jarayon #live Fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda Yashnobod tumanida f…
  6. Sep 27, 2026💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod O‘zbekiston Respubl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →