TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10752 324

Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

💝 Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.


Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Sep 28, 2026❗️ Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “Damariq” MFY, A. Qahhor ko‘…
  2. Sep 28, 2026❗️ Hurmatli iste’molchilar! Sergeli tumani, “Madadkor” MFY, Sergeli-5 mavzesi, Mehrigiyo k…
  3. Sep 28, 2026👍 O‘zbekiston va BAA: strategik sheriklik yangi imkoniyatlar bilan boyimoqda O‘zbekiston…
  4. Sep 28, 2026📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallari Hurmatli isteʼmolchilar…
  5. Sep 28, 2026#jarayon #live Fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda Yashnobod tumanida f…
  6. Sep 27, 2026⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildi Prezidentimizning Q…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →