TGViewer
Channel Public Channel
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

@htoshgaz

"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Subscribers
2.18K
Photos
7K
Videos
1.3K
Links
2.8K
Recent Posts 11 shown
Post #10585 242
#infografika

“LPG-Trade”: aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning yangi tizimi

Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” MCHJ tashkil etiladi. Kompaniya respublika boʻyicha hududiy filiallari orqali faoliyat yuritadi.

2026-yil 1-noyabrdan “LPG-Trade” suyultirilgan gazni birjaning alohida savdo maydonchasidan xarid qilib, aholiga davlat tomonidan tartibga solinadigan chakana narxlarda yetkazib beradi. Ushbu maydonchadagi hajmlar yetarli boʻlmasa, qoʻshimcha gaz birjaning ochiq savdolaridan xarid qilinadi. Narxlar tafovuti va iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlar kompaniyaga respublika byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi – aholiga suyultirilgan gazni oʻz vaqtida va yetarli miqdorda yetkazib berish. Yuqoridagi infografika orqali “LPG-Trade”ning asosi funksiyalari bilan batafsil tanishing.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Post #10584 2.3K
❗️Hurmatli iste’molchilar!

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimdagi gaz qudug‘idagi zulfin va kompensatordagi gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroy tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 22-sentabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 22-sentabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Yakkasoy tumanidagi aholi iste’molchilari:

🔹 “Shoh-Jahon”, “Rakat”, “Muqimiy”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, “Konstitutsiya”, “Muhandislar”, “Bobur”, “Damariq”, “A. Qahhor”, “Arg‘umon” va “Boshliq” MFYlaridagi yerli va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 3 250 ta.

Ulgurji iste’molchilar:

🔹 Ulgurji iste’molchilar — 132 ta.

Mirobod tumanidagi aholi iste’molchilari:

🔹 “Baynalmilal”, “Yangi Mirobod”, “Mirobod” va “Avloniy” MFYlaridagi yerli va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 1 627 ta.

Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ulgurji iste’molchilar:

🔹 Mirobod tumani — 71 ta ulgurji iste’molchi;
🔹 Chilonzor tumani — 5 ta ulgurji iste’molchi.

Gaz ta’minoti ishlar yakunlangach, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10583 405
Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi tomonidan o‘zlashtirib olingan hududlar tartibga keltirilmoqda

Ushbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Axborot-24” informatsion dasturida so‘z bordi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
Post #10582 525
📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid barcha turdagi ariza, taklif va murojaatlaringizni “Hududgaztaʼminot” AJga qarashli quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

📞 1104 – Koll markaz
🚨 104 – avariya dispetcherlik xizmati
📱 (71) 202 11 04 – ishonch telefoni
hududgaz.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
👉 Telegram bot – @hgtmurojaat_bot
💬 Facebookʼdagi maxsus guruh

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha murojaatlar koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda javob qaytariladi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Post #10581 311
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.

Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
Post #10571 369
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева в городе Нукусе состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Каракалпакстана.

На этом Президент нашей страны завершил поездку в Каракалпакстан и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #yigilish #Qoraqalpogiston #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #10570 250
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.

Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.

Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.

Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.

Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.

Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezidentimiz tomonidan "general-mayor" maxsus unvoni berildi.

Facebook|Instagram|X
Post #10569 161
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.

Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.

Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.

Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Post #10568 112
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.

Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.

Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.

1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.

“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.

Facebook|Instagram|X
Post #10567 121
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.

Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.

Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Post #10566 107
Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.

Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.

Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit ajratish tartibi yengillashtirilib, mablag‘lar tuman shtabi xulosasi asosida beriladi.

Facebook|Instagram|X
Older posts →

About this channel

How can I read @htoshgaz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali have?
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali (@htoshgaz) has 2.18K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →