TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10566 127
Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.

Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.

Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit ajratish tartibi yengillashtirilib, mablag‘lar tuman shtabi xulosasi asosida beriladi.

Facebook|Instagram|X
More from @htoshgaz
  1. Sep 24, 2026Gaz sizib chiqishi bartaraf etilib, aholi ogohlantirildi va gaz ta’minoti qayta tiklandi.…
  2. Sep 24, 2026#jarayon “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi Oʻzbekiston…
  3. Sep 24, 2026Gaz sizib chiqishi holati bartaraf etilib, aholi ogohlantirildi va tabiiy gaz ta’minoti qa…
  4. Sep 24, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri…
  5. Sep 24, 2026Jamoa shartnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi “Hududgaz Poytaxt” GTFning…
  6. Sep 24, 2026“Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi Oʻzbekiston Respubli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →