TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10689 232
Jamoa shartnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Hududgaz Poytaxt” GTFning “Shayxontohurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi jamoasi ishtirokida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Jamoa shartnomasi xodimlarning mehnat huquqlari, ijtimoiy kafolatlari va mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlar, moddiy rag‘batlantirish, mehnat ta’tillari, ijtimoiy yordamlar, sog‘liqni saqlash, xodimlar hamda ularning farzandlari uchun dam olish, sport va madaniy tadbirlar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralariga oid belgilangan kafolatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Jamoa shartnomasi ijrosi ustidan kasaba uyushmasi tomonidan doimiy nazorat olib borilishi qayd etildi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
More from @htoshgaz
  1. Sep 24, 2026Gaz sizib chiqishi bartaraf etilib, aholi ogohlantirildi va gaz ta’minoti qayta tiklandi.…
  2. Sep 24, 2026#jarayon “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi Oʻzbekiston…
  3. Sep 24, 2026Gaz sizib chiqishi holati bartaraf etilib, aholi ogohlantirildi va tabiiy gaz ta’minoti qa…
  4. Sep 24, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri…
  5. Sep 24, 2026“Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi Oʻzbekiston Respubli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →