❗️Hurmatli iste’molchilar!
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimdagi gaz qudug‘idagi zulfin va kompensatordagi gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroy tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 22-sentabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 22-sentabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yakkasoy tumanidagi aholi iste’molchilari:
🔹 “Shoh-Jahon”, “Rakat”, “Muqimiy”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, “Konstitutsiya”, “Muhandislar”, “Bobur”, “Damariq”, “A. Qahhor”, “Arg‘umon” va “Boshliq” MFYlaridagi yerli va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 3 250 ta.
Ulgurji iste’molchilar:
🔹 Ulgurji iste’molchilar — 132 ta.
Mirobod tumanidagi aholi iste’molchilari:
🔹 “Baynalmilal”, “Yangi Mirobod”, “Mirobod” va “Avloniy” MFYlaridagi yerli va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 1 627 ta.
Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ulgurji iste’molchilar:
🔹 Mirobod tumani — 71 ta ulgurji iste’molchi;
🔹 Chilonzor tumani — 5 ta ulgurji iste’molchi.
Gaz ta’minoti ishlar yakunlangach, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10584
3.68K