#jarayon #live
Fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Yashnobod tumanida fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari “Hududgaz Poytaxt” GTF Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi hamda Yashnobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan manzillarga chiqib o‘rganilmoqda.
Jarayonda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish, “Dolzarb 40 kun” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi ishlar, shuningdek, gaz tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazorat qilinmoqda.
Murojaatlar yuzasidan zarur choralar ko‘rilib, iste’molchilarni barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10757
887