TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10773 283

Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi
 
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish masalasi ko‘pdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Kuni kecha "Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.

"Adolat" SDP fraksiyasi tashabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.


🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram|  📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
More from @htoshgaz
  1. Sep 29, 2026❗️Hurmatli iste’molchilar! Ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2026-yil 30-sentabr kuni Se…
  2. Sep 29, 2026Gaz tarmoqlarining texnik holati nazorati kuchaytirilmoqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminot…
  3. Sep 29, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O…
  4. Sep 29, 2026⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13 "Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz…
  5. Sep 28, 2026Hurmatli isteʼmolchilar! 29-sentyabr kuni Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanidagi ayrim…
  6. Sep 28, 2026#Murojaat_va_yechim Yunusobodda murojaatlar joyida o‘rganildi “Hududgaz Poytaxt” GTF, Yunu…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →