Gaz tarmoqlarining texnik holati nazorati kuchaytirilmoqda
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filialida Oʻzenergoinspeksiya rahbari A.Isoqjonov, “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M.Yakubov, “Hududgaz Poytaxt” GTF va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida Toshkent shahridagi gaz tarmoqlarining texnik holati va gaz sizib chiqishi holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida mavjud gaz tarmoqlarini nazoratdan oʻtkazish, muammoli uchastkalarni aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi.
Shuningdek, yer osti gaz quvurlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, gaz sizib chiqishini barvaqt aniqlash hamda tarmoqlarning xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilandi.
“Hududgaz Poytaxt” GTF
Matbuot xizmati
Post #10776
669








