TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10727 212
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda 2,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"Hududgazta’minot" AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri "Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali, shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazildi.

Shaharning Rudakiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosi xatlovdan o‘tkazilganda, ta’minot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2 milliard 442 million so‘m zarar aniqlandi. Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Sep 25, 2026Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda Yashnobod tumanida…
  2. Sep 25, 2026📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Res…
  3. Sep 25, 2026📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Res…
  4. Sep 25, 2026Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →