Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Yashnobod tumanida fuqarolarning tabiiy gaz ta’minotiga oid murojaatlari “Hududgaz Poytaxt” GTF Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi, Yashnobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimlari hamda O‘zbekiston telekanali hamkorligida manzillarga chiqib o‘rganilmoqda.
Aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish, shuningdek, “Dolzarb 40 kun” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida obodonlashtirish ishlari hamda gaz tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazorat qilinmoqda.
Murojaatlar bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, iste’molchilarni barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
Post #10728
689









