TGViewer
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali @htoshgaz · 2.18K subscribers
Post #10719 187

Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.


Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-deydi S.Mirziyoyeva.


JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
More from @htoshgaz
  1. Sep 25, 2026Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda Yashnobod tumanida…
  2. Sep 25, 2026Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda 2,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanis…
  3. Sep 25, 2026📌 O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv O‘zbekiston Res…
  4. Sep 25, 2026Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →