TGViewer
His perspective His perspective @hisperspective · 1.77K subscribers
Post #609 1.41K
Partizan marketingi haqida

Hozir bozorda raqamli mahsulotlar tobora ko‘payib bormoqda. Ilgari fintex deganda xayolimizga Click va Payme kelgan bo‘lsa, bugun Uzumdan tortib Paysendgacha turli servislar bor. Bunday zich bozorda esa mijozga shunchaki foydali bo‘lishning o‘zi kamlik qiladi, uni qiziqtira oladigan taklif va noodatiy reklama usuli ham kerak.

Ayniqsa, raqobatchingiz reklama kanallarini oldindan band qilib qo‘ygan bo‘lsa, “partizan marketingi” ish berishi mumkin. Click ham Click Avto servisining reklamasida shunday yo‘l tutibdi. Click Avto mahsulot direktori Alex Guschinning aytishicha, ular reklama qilish uchun kerakli nuqtalarni izlashganda, reklama nuqtalarining deyarli barchasi raqobatchi tomonidan uzoq muddatga band qilinganini bilishgan.

Shunda jamoa boshqa yo‘l topgan, yozning issiq kunlarida haydovchilarga avtomobil old oynasi uchun quyoshdan himoyalovchi soyabonlarni bepul tarqatishgan. Soyabonlarda esa Click Avto reklamasi bo‘lgan.

Natijada raqobatchi band qilgan reklama maydonlari yonida Click Avtoning “nazorat qilib bo‘lmaydigan” reklamalari paydo bo‘lgan. Click Avto bu reklama kampaniyasi ortidan 1000 nafar yangi iste’molchi va 20% o‘sish qayd etibdi. Qiziq yechim va ajoyib yurish desak mubolagʻa boʻlmasa kerak.

Ishqilib, raqamli biznesda muammolarga kreativ yechim topish juda muhim.

Surat: Ekran tasviri.

@hisperspective
  • 🔥 18
  • ❤ 3
  • 👍 1
More from @hisperspective
  1. Sep 23, 2026ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham qatnashayotgani haqida Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta…
  2. Sep 23, 2026VoiceLab.uz startapi $80 ming investitsiya jalb qilibdi Startap asoschilaridan biri Elzodx…
  3. Sep 22, 2026TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ish…
  4. Sep 21, 2026Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi? Ushbu savolga Akmal Paiziev yaxshi javob beribdilar. R…
  5. Sep 21, 2026Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida Bir qar…
  6. Sep 20, 2026Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida Til o‘rganishni geymifikats…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →