TGViewer
His perspective His perspective @hisperspective · 1.77K subscribers
Post #608 1.35K
Apple taqdimotida bizni nimalar kutayotgani haqida

Sal avval sizlar bilan Stiv Jobs va Tim Kuk davrlaridagi Apple’ni solishtirib ko‘rgan edik. Bugun, 9-sentabrda esa yangi Jon Ternus davri boshlanadi. Xo‘sh, yangi direktorning birinchi taqdimotida epl bizga nimalar namoyish etishini qisqa ko‘rib chiqamiz.

Xullas, doimgidek iPhone’ning yangi 18 Pro va 18 Pro Max modellari taqdim etiladi. Biroq bu safargi eng qiziq yangiliklardan biri faqat yangi iPhone’lar bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Chunki, Apple raqobatchisi Samsungdan 5 yil o‘tib buklanadigan smartfonni ishlab chiqdi. Bu ishlanma mavjud bozorni qanchalik o‘zgartira olishi menga juda qiziq.

Men kutayotgan muhim yangilik esa bu AirPods’larga kichik kameralar o‘rnatilgani va bu Siri ovozli yordamchisiga atrof olamni ko‘rish imkoniyatini berishi bo‘lib turibdi. Chunki Siriga tashqi olamni ko‘rish imkoniyati yaratilsa, menimcha, u ovozli yordamchi modelidan kundalik hamroh modeligacha o‘sa oladi hamda hayotiy ayrim yumushlarimizda yana-da qulay dastyor bo‘ladi.

Ishqilib, bugun kuzatamiz, nimalar bo‘lar ekan.

Surat: Apple.

@hisperspective
  • 🔥 13
  • ❤ 1
More from @hisperspective
  1. Sep 23, 2026ICTWEEK’da Unitree kompaniyasi ham qatnashayotgani haqida Kompaniya ko‘rgazmada bir nechta…
  2. Sep 23, 2026VoiceLab.uz startapi $80 ming investitsiya jalb qilibdi Startap asoschilaridan biri Elzodx…
  3. Sep 22, 2026TBC Avto xizmati ishga tushgani haqida TBC Bank axborot xizmati yangi TBC Avto xizmati ish…
  4. Sep 21, 2026Sunʼiy intellekt insonlarga xavfmi? Ushbu savolga Akmal Paiziev yaxshi javob beribdilar. R…
  5. Sep 21, 2026Dunyo iste’mol bozoridagi 550 dan ziyod mahsulot 12 ta yirik kompaniya tasarrufida Bir qar…
  6. Sep 20, 2026Duolingo til o‘rganish bozoridan siqib chiqarilayotgani haqida Til o‘rganishni geymifikats…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →