Yandex ML School Uzbekistan 2026 yil uchun qabulni yakunlamoqda
Agar siz IT sohasida ishlasangiz yoki dasturlash bo‘yicha karyerangizni endi boshlayotgan bo‘lsangiz va Machine Learning sohasiga o‘tishni istasangiz, ML bo‘yicha bepul bir yillik dasturga ariza topshirishga atigi 2 kun qoldi!
Dasturda:
— matematik baza va Machine Learning;
— Deep Learning;
— Computer Vision;
— NLP va LLM;
— Reinforcement Learning;
— texnologik kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida amaliy vorkshoplar.
Format: Toshkentda oflayn, kechki mashg‘ulotlar
Til: ingliz tili
To‘lov: bepul
O‘rinlar soni: 35 ta
Dastur texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va matematika, algoritmlar hamda dasturlash bo‘yicha bazaviy bilimga ega yosh mutaxassislar uchun mos.
Arizalarni quyidagi havola orqali 9-sentabrgacha topshirish mumkin.
Surat: Yandex Uzbekistan.
@hisperspective
Post #607
2.02K

- 🔥 9
- ⚡ 2
- ❤ 2
- 🦄 1