TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23737 1.37K

Forwarded from Edu.uz

#Qonunchilik_yangiliklari

Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar qoʻllab-quvvatlanadi


❇️Farmonga ko‘ra:

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reestrga kiritilgan talabalarga OTTning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy stipendiya toʻlashga ruxsat beriladi;

✔️dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara huquqi asosida yashashi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash taʼlimning kunduzgi shakli uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

➖davlat granti kvotalari muayyan o‘quv yili uchun tegishli ta’lim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlariga nisbatan qo‘shimcha 25 foiz miqdorida (vakant qolgan o‘rin va davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota hisobidan) belgilanadi;

➖davlat granti kvotalarini taqdim etish va qayta taqsimlash talabalarning tugallangan o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘zlashtirish (GPA) ko‘rsatkichi hamda buyurtmachi korxonaning baholash natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi;

➖ Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual taʼlim shaklida o‘qish 1-kursdan boshlab butun o‘qish davrida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

➖davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya to‘lovlari kunduzgi taʼlim shakli uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

✔️ talabaning dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

💼 Dual taʼlim shaklida taʼlim dasturining amaliy qismi natijadorligini oshirish maqsadida:

▫️korxonalarga o‘z mablag‘lari hisobidan hamkor taʼlim tashkilotlarida amaliyot bazalarini tashkil etishga;

▫️OTTlarga kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomaga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida bo‘sh turgan bino-inshootlari va hududida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga mos ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etishga;

▫️OTTlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 2
More from @fstu_uz
  1. Oct 3, 2026#IT_QUEENS Farg‘ona davlat texnika universiteti talaba-qizlari “IT Queens” tanlovining vil…
  2. Oct 3, 2026#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘td…
  3. Oct 3, 2026#Mustaqillik_kubogi “MUSTAQILLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI Farg‘on…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →