TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23765 2.04K
#Mustaqillik_kubogi

“MUSTAQILLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Farg‘ona davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari yakunlandi. Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirni universitet rektori, professor Rustam Tojiyev ochib berib, sport musobaqalarining jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarni ommaviy sportga keng jalb etishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

✨Musobaqalar mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha tashkil etildi. Musobaqalar yakunda sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, universitet ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va tegishli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar o’rtasidagi 5 tashabbus sport musobaqasiga ham start berildi.

G‘oliblarni muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ularga yangi zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
  • ❤ 1
More from @fstu_uz
  1. Oct 5, 2026#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar turar joyida hamda ijarada…
  2. Oct 5, 2026#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif Farg‘ona davlat texnika universitetiga Rossiya delegatsiyasi v…
  3. Oct 5, 2026#Xalqaro_hamkorlik #Sibir_kunlari “Sibir kunlari” doirasida hamkorlik shartnomalari imzola…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →