TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23823 1.24K
#Xalqaro_hamkorlik
#Tashrif

Farg‘ona davlat texnika universitetiga Rossiya delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi


🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetiga Skolkovo fan va texnologiyalar instituti (Skoltech) strategik hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Алексей Ситников, shuningdek, “Деловая Россия” Bosh kengashi a’zosi, O‘zbekistondagi biznes elchisi, O‘zbekiston savdo uyi rahbari, RSPP boshqaruvi a’zosi, “Ивановская текстильная компания” guruhi egasi Юрий Михайлович Шилов tashrif buyurdi.

🖇Tashrif davomida mehmonlar universitet qoshidagi ChemTech laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar. Laboratoriyaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, zamonaviy imkoniyatlari hamda kimyo muhandisligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✨Shundan so‘ng delegatsiya vakillari “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan ham tanishishdi. Texnoparkda qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Texnoparkda yo‘lga qo‘yilayotgan elektron plata yig‘ish bo‘limi faoliyati ham taqdim etildi. Mazkur yo‘nalishda navigatsiya va boshqaruv elektron platalari, sanoat elektron modullari hamda zamonaviy monitoring tizimlarini ishlab chiqish, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
More from @fstu_uz
  1. Oct 6, 2026#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyevn…
  2. Oct 5, 2026#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar turar joyida hamda ijarada…
  3. Oct 5, 2026#Xalqaro_hamkorlik #Sibir_kunlari “Sibir kunlari” doirasida hamkorlik shartnomalari imzola…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →