#Sibir_kunlari
“Sibir kunlari” doirasida hamkorlik shartnomalari imzolandi
🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari kengashining III yig‘ilishi doirasida “O‘zbekistonda Sibir kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev hamda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shohida Hamdamova ishtirok etdi.
🖇Tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv, talabalar va professor-o‘qituvchilar mobilligi hamda qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✨Shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Omsk davlat texnika universiteti va Sibir davlat avtomobil-yo‘l universiteti (SibADI) o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Mazkur kelishuvlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda akademik mobillik imkoniyatlarini rivojlantiradi.
“Sibir kunlari” doirasidagi uchrashuvlar Farg‘ona davlat texnika universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish va yangi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash uchun muhim platforma bo‘ldi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt









