TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23860 1.19K

Forwarded from Farg'ona viloyati hokimligi

Farg‘ona davlat texnika universiteti va Sibir OTMlari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida Farg‘onada “O‘zbekistonda Sibir kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitet hamda Omsk davlat texnika universiteti va Sibir davlat avtomobil-yo‘l universiteti (SibADI) o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Kelishuvlar doirasida:

➖ qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
➖ talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik mobilligini rivojlantirish;
➖ tajriba almashish;
➖ muhandislik-texnik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish;
➖ innovatsion va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi FDTUning “Airoinjinering” texnoparki faoliyati bilan tanishib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasi borasida fikr almashdi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
More from @fstu_uz
  1. Oct 6, 2026#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doi…
  2. Oct 6, 2026Farg‘onadagi OTMlarning Rossiya universitetlari bilan hamkorligi kengaymoqda O‘zbekiston R…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →