TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23853 1.45K
#Xalqaro_hamkorlik

“O‘zbekistonda Sibir kunlari” doirasida Rossiya delegatsiyasi Farg‘ona davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi


🔹Rossiya delegatsiyasi universitet jamoasi tomonidan milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.
Shundan so‘ng Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev delegatsiya vakillari bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

🖇Muloqot davomida universitetning bugungi faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, erishilayotgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik hamda innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✨Mehmonlar universitetning ta’lim va ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari, innovatsion loyihalari hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan faoliyati bilan tanishdilar.

“O‘zbekistonda Sibir kunlari” — Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi hamkorliklar, yangi imkoniyatlar va amaliy natijalar sari muhim qadam.

Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @fstu_uz
  1. Oct 7, 2026#Tabrik Yutuq — mehnat, izlanish va intilishning munosib e’tirofidir! 🔹2026-yil 5-oktabr…
  2. Oct 7, 2026“MUHANDIS QIZLAR” KLUBI: YANGI TASHABBUSLAR VA REJALAR 🔹Farg‘ona davlat texnika universit…
  3. Oct 6, 2026#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doi…
  4. Oct 6, 2026Farg‘onadagi OTMlarning Rossiya universitetlari bilan hamkorligi kengaymoqda O‘zbekiston R…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →