Farg‘ona davlat texnika universitetida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida talabalar turar joyida hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Mazkur “Biz, yoshlar, OITS va giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda turli illatlarning oldini olish borasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirishdan iborat.
✨Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik va OITSning inson salomatligi hamda jamiyatga salbiy ta’siri, ularning oldini olish choralari, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan tegishli javoblar berildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt





