Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Yig‘ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan 6 ta asosiy va turli masalalar atroflicha muhokama qilindi.
🖇 Kun tartibidagi dastlabki masala — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning universitetdagi ijrosi to‘g‘risida bo‘lib, bu yuzasidan universitet bosh yuriskonsulti M. Latipov axborot berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda:
— Farg‘ona davlat texnika universitetining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” va 2026-yilda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishi monitoringi muhokama qilindi (axborotchi: M. Tojiboyev);
— Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan faoliyatlar to‘g‘risida axborot tinglandi (axborotchi: Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N. Ismoilov);
— 2025–2026-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasining bajarilishi va 2026–2027-o‘quv yili rejasi ko‘rib chiqildi (axborotchi: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh. Umarov);
— Professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy va ustoz-shogird faoliyatidagi samarali mehnatini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish masalasi muhokama qilindi (axborotchi: Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Z. Abdulxayev);
— Universitetda ijro intizomi, yo‘riqnoma va hujjatlarning ijrosi hamda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar holati yuzasidan axborot tinglandi (axborotchi: M. Tojiboyev).
Shuningdek, turli masalalar doirasida universitet sport klubining 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati hisoboti va 2026–2027-o‘quv yili rejasi, ilmiy izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini belgilashga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt









