Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan Arxitektura va qurilish fakulteti hamda Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida ta’lim sifatini oshirish va universitetning milliy hamda xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
🔹Seminar davomida N.Abduqodirov tomonidan “Ta’lim sifatini oshirishda universitet professor-o‘qituvchilarining o‘rni va vazifalari”, Sh.Mo‘minov tomonidan esa “Universitetning xalqaro va milliy reytinglardagi o‘rnini oshirish mexanizmlari” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
✨Tadbirda ta’lim sifatini ta’minlashda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda universitetning xalqaro va milliy reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, mavzular yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt





