“ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!
Farg‘ona davlat texnika universitetida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining universitet saralash bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
🔹Tanlovda universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar o‘z kreativ g‘oyalari yoki ular asosida ishlab chiqilgan startap loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
📌Qanday g‘oyalar bilan qatnashish mumkin:
Yangi mahsulot yoki xizmat yaratish, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topish, startap loyihasini shakllantirish yoki takomillashtirishga qaratilgan, innovatsion va amaliy ahamiyatga ega g‘oyalar bilan ishtirok etishga taklif etamiz.
📌G‘oliblar uchun imkoniyatlar:
🔹Universitet saralash bosqichida eng yaxshi 3 ta loyiha respublika bosqichiga tavsiya etiladi;
🔹Universitet bosqichi g‘oliblari bazaviy stipendiyaning 4 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi
Respublika bosqichi g‘oliblariga:
1-o‘rin uchun — 100 million so‘m;
2-o‘rinlar uchun — 50 million so‘mdan;
3-o‘rinlar uchun — 25 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
✨Ishtirok etish sharti: har bir talaba muallif sifatida faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin. Loyihalar komissiya oldida taqdimot shaklida himoya qilinadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Loyiha taqdimoti;
Loyihani amalga oshirish uchun xarajatlar smetasi.
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 20-oktabr kuniga qadar
Tanlov nizomi va taqdim etiladigan hujjatlar bo‘yicha ma’lumot olish uchun ushbu Telegram guruhiga murojaat qiling
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
Ariza topshirish uchun ushbu havolaga o‘ting
Kreativ g‘oyangizni taqdim eting va uni startap loyihasiga aylantirish imkoniyatidan foydalaning!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
