Farg‘ona davlat texnika universiteti talaba-qizlari “IT Queens” tanlovining viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishdi
Farg‘ona davlat texnika universiteti talaba-qizlari “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichida axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalari bilan munosib ishtirok etdi.
🔹Tanlov yakunlariga ko‘ra, universitet vakillari 8 ta yo‘nalishda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 3 ta birinchi, 2 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o‘rin FDTU talaba-qizlariga nasib etdi.
📌1-o‘rin natijalari quyidagicha:
🔹 Abdurahimova Mubiynaxon Ikrom qizi — Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 660-23 RI guruhi talabasi. “Raqamli ta’lim” yo‘nalishida “TeacherTraker” loyihasi;
🔹 G‘aniyeva Sohiba Turg‘unbayevna — Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakulteti 520-23 ATT guruhi talabasi. “Mobil ilovalar” yo‘nalishida “LibroKids” loyihasi;
🔹 Kenjayeva Nodirabegim Axmadjonovna — Telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik fakulteti 547-23-ATT guruhi talabasi. “Kiberxavfsizlik” yo‘nalishida “Temur AI” loyihasi.
📌2-o‘rin natijalari:
🔹 Abduvaliyeva Malika Nuriddin qizi — Energetika muhandisligi fakulteti 67-23 EAICHT guruhi talabasi. “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishida “Penoplastdan yasalgan 90 tuxumli avtomat inkubator” loyihasi;
🔹 Yoqubjonova Mohichehra Ahrorjon qizi — Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakulteti 610-24 KI guruhi talabasi. “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida “ImkonAI” loyihasi.
📌3-o‘rin natijalari:
🔹 Valiyeva Gulasal Nabijon qizi — Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakulteti 55-24 SI guruhi talabasi. “Dasturiy ta’minot” yo‘nalishida “Yotoqxonam” loyihasi;
🔹 Jo‘raboyeva Umida Zafar qizi — Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakulteti 53-25 SI guruhi talabasi. “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishida “Dermo Qo‘l” loyihasi;
🔹 Tolibjonova Marjona Xayrullo qizi — Energetika muhandisligi fakulteti 48-24 E va A guruhi talabasi. “Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari” yo‘nalishida “To‘qimachilik korxonalarida yong‘inni avtomatik aniqlash, o‘chirish va ogohlantirish tizimini ishlab chiqish” loyihasi.
G‘olib va sovrindor talaba-qizlarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt





