TGViewer
Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati @fstu_uz · 12.1K subscribers
Post #23788 1.04K
#Jarayon

Farg‘ona davlat texnika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun axborot xavfsizligi hamda kiberjinoyatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.


🔹Seminar davomida universitet Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi v.v.b. direktori S.G‘anijonov hamda RTTM axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i O.Sharipov tomonidan internet va mobil qurilmalardan xavfsiz foydalanish, kiberjinoyatlarning oldini olish, shubhali havolalar va fayllardan ehtiyot bo‘lish, bank karta ma’lumotlari hamda SMS-kodlarni begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

🖇️Shuningdek, APK “Qo‘riqchi” ilovasidan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish, uning soxta (feyk) versiyalarini o‘rnatmaslik hamda ilovani faqat rasmiy Google Play (Play Market) manbasidan yuklab olish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur targ‘ibot-tushuntirish ishlari universitet jamoasining axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt
  • ❤ 1
More from @fstu_uz
  1. Oct 3, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirl…
  2. Oct 3, 2026#Mustaqillik_kubogi #Videolavha “MUSTAQILLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI G‘OLIBLARI TAQDIRL…
  3. Oct 3, 2026#Sport_kuni SOG‘LOM HAYOT TARZI — BIZNING TANLOVIMIZ! 🔹Bugun, Farg‘ona davlat texnika uni…
  4. Oct 3, 2026#Diqqat_muhim “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Farg‘ona dav…
  5. Oct 3, 2026#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonid…
  6. Oct 3, 2026#IT_QUEENS Farg‘ona davlat texnika universiteti talaba-qizlari “IT Queens” tanlovining vil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →