#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi
Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi.
🔰 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida, bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
❇️ Mazkur tizim “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.
📌 Yangi tartibga ko‘ra:
▪️ dual ta’limga qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari OTTar tomonidan har yili 1-sentyabrga qadar belgilanadi;
▪️ dual ta’limda o‘qish uchun nomzodlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan tanlov asosida saralab olinadi. Bunda:
➖nomzodlar korxonaning yo‘llanmasi asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;
➖texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 2 yoki 3-kursidan o‘qishini davom ettirishga ruxsat beriladi;
▪️ dual ta’lim OTT, ish beruvchi va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida tashkil etiladi. Bunda:
➖korxona tomonidan talabaga oʻqish davri davomida oʻzining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik ish haqi toʻlanadi;
➖talaba bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korxona yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatini oladi;
▪️ o‘quv jarayonining kamida 30 foizi nazariy ta’limga ajratiladi, qolgan qismi esa amaliy tayyorgarlik asosida tashkil etiladi;
▪️ dual ta’lim jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning ishtiroki CareerEdu platformasi orqali monitoring qilib boriladi;
▪️davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha OTTlarga buyurtma berish hamda xarajatlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;
▪️talabalar o‘qishini dual taʼlim shaklidan taʼlimning boshqa shakllariga ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, faqat o‘zgartirishga korxona bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52533
58K

- ❤ 14
- 🔥 5