TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52536 13.5K
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Dual taʼlimda kadrlar tayyorlagan korxonalari moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

Farmonga asosan:

Oliy taʼlim tizimida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalarning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:


⤴️ korxonalarga muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, architektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi taʼlim sohalari va yoʻnalishlarida dual taʼlim shaklida o‘qiyotgan har bir talaba uchun toʻlangan ish haqi xarajatlarining 50 foizi subsidiya shaklida Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

▶️korxonalarga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida quyidagi miqdorda qoʻshimcha ballar beriladi:

⏺️ 5 nafardan 25 nafargacha – 5 ball;

⏺️ 25 nafardan 50 nafargacha – 8 ball;

⏺️ 50 nafar va undan ortiq boʻlganda – 10 ball;

▶️ davlat xaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga dual taʼlim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda quyidagicha:

⏺️ 25 nafargacha – 5 foiz;

⏺️ 25 nafardan 50 nafargacha – 10 foiz;

⏺️ 50 nafar va undan ortiq boʻlganda – 15 foiz miqdorida preferensiya beriladi;

✳️ buyurtmachi korxonalar tomonidan OTT hududida dual taʼlim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030 yil-1 yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi.

🔗 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari biriktiridi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👏 9
  • ❤ 3
More from @eduuz
  1. Oct 3, 2026#SahroSadosi #Ellikqala #TDIU #YoshlarFestivali #Turizm #Madaniyat Joriy yilning 25–26-sen…
  2. Oct 2, 2026#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun q…
  3. Oct 2, 2026#Qonunchilik_yangiliklari ❗️14 ta pedagogika va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ag…
  4. Oct 2, 2026Rasmiy munosabat Yotoqxonadan joy ololmagan talabalarning ijara to‘lovining bir qismini qo…
  5. Oct 2, 2026Talabalar uchun “Avtomobil yo’llari qo’mitasi” stipendiya joriy etildi Mazkur stipendiyaga…
  6. Oct 2, 2026#Tayinlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova S…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →