TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52564 22.5K
#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun maqsadli qabul parametrlari (qo‘shimcha grant o‘rinlari) doirasida tanlovda qatnashish imkoniyati yaratildi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 2–6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Nomzodlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘zlari tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok etishga rozilik bildirib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📝 Tanlovda ishtirok etish talablari:

▪️Kirish imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lish;
▪️Kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan bo‘lish;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashash;
▪️Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini aynan Qoraqalpog‘iston hududida tamomlagan bo‘lish.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlov qaydnomalari chop etiladi hamda 2026-yil 10-oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • ❤ 21
  • 👍 7
More from @eduuz
  1. Oct 3, 2026#Xalqaro_forum #Talabalar_sporti I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi yakunlan…
  2. Oct 3, 2026#Tanlov “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Buxoro viloyat b…
  3. Oct 3, 2026#Xalqaro_anjuman 📚 “Ma’rifat fidoyisi” va “Islohotlar bilimdoni” xalqaro ilmiy-amaliy kon…
  4. Oct 3, 2026“Talaba — yugur” musobaqasining respublika final bosqichi tashkil etildi Talaba-yoshlarni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →