#Tanlov
“IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari ishtirokida “IT Queens - kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Unda oliygoh bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, mexatronika va robototexnika, aqlli qurilmalar hamda IoT yechimlari yo‘nalishlarida o‘z loyihalarini taqdim etdi.
Yakunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin sohiblari tanlovning respublika bosqichida Buxoro viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52585
13.7K








