TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52562 29.7K
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️14 ta pedagogika va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi


🔰Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.

➡️ Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

✔️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

💠 O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

✳️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:

▪️yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;

▪️pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

▪️pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;

▪️pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 19
  • ❤ 11
  • 🤔 7
  • 😁 6
  • 👏 3
More from @eduuz
  1. Oct 2, 2026#Qabul2026 #Qoraqalpoq_yoshlari #Maqsadli_qabul Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun q…
  2. Oct 2, 2026Rasmiy munosabat Yotoqxonadan joy ololmagan talabalarning ijara to‘lovining bir qismini qo…
  3. Oct 2, 2026Talabalar uchun “Avtomobil yo’llari qo’mitasi” stipendiya joriy etildi Mazkur stipendiyaga…
  4. Oct 2, 2026#Tayinlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nosirova S…
  5. Oct 2, 2026#diqqat “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 2026…
  6. Oct 2, 2026#Tayinlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Valijonov…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →