#XalqaroReyting #THE_2027
🌐 O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladi
Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World Univrsity Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi.
Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi.
O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.
Top-1000 talikdan 2 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti joy oldi:
▫️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.
📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:
▪️ Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.
THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli xalqaro reytinglarda munosib natijalarga erishishi ularning ta’lim va ilmiy faoliyatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, akademik salohiyatini mustahkamlash va jahon ilmiy-ta’lim maydonidagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
🎉 Universitetlarmizni mazkur yutuq bilan muborakbod etamiz! Jamoalarga kelgusidagi ilmiy va ta’lim faoliyatida yangi marralar tilaymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52556
27.5K

- ❤ 21
- 👍 11
- 🤔 4
- 🎉 3