TGViewer
Channel Public Channel
Founder

Founder

@founderdotio

Стартапы, фаундеры, истории
@osuvonov
Subscribers
2.62K
Photos
182
Videos
18
Links
78

Showing posts older than #418 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #417 2.02K
Dam olish kuni uchun tavsiya.

“Sheryurak” filmi.
Itv da bor.

@founderdotio
  • 👍 10
Post #415 2.26K
Nega bir xil bozor hajmi turli hisobotlarda har xil chiqadi? 🤔

Ko‘pchilik bunga hayron bo‘ladi.

Masalan, ERP bozori haqida bir hisobotda $80 mlrd, boshqasida $120 mlrd, yana birida $160 mlrd deb yozilgan bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, qaysi biri to‘g‘ri?

Aslida, uchalasi ham to‘g‘ri. Sababi ular bozorni turli metodologiyalar asosida hisoblaydi.
Masalan:

Gartner

Gartner odatda faqat ERP dasturiy ta’minoti (software revenue) bozorini hisoblaydi.

Ya’ni ular quyidagilarni kiritadi:

-Litsenziyalar
-SaaS obunalari
-Maintenance (texnik qo‘llab-quvvatlash)

Ammo quyidagilarni hisobga olmaydi:

* Joriy etish (implementation)
* Konsalting
* Maxsus dasturiy ishlab chiqish (custom development)
* Integratsiya
* Trening va o‘qitish

Shu sababli Gartner keltiradigan raqam odatda eng konservativ bo‘ladi.

Grand View Research

Bu kompaniya bozorni ancha kengroq hisoblaydi.

Ularning hisob-kitobiga odatda quyidagilar kiradi:

-ERP software
-Cloud ERP
-Joriy etish (implementation)
-Qo‘llab-quvvatlash
-Professional xizmatlar

Natijada bozor hajmi kattaroq chiqadi.

Fortune Business Insights

Ular esa odatda eng keng yondashuvdan foydalanadi.

Ko‘pincha quyidagilarni ham bozor tarkibiga qo‘shadi:

-Software
-Implementation
-Konsalting
-AI modullari
-Cloud xizmatlari
-Managed services
-Ba’zan hatto infratuzilma (infrastructure) xizmatlari ham

Shu sababli ularning hisob-kitobidagi bozor hajmi odatda eng katta bo‘ladi.

Keling, buni oddiy misolda ko‘ramiz.

Faraz qilaylik, "Sales Doctor Solutions" ERP yechimini sotadi.

Mijozdan tushgan umumiy daromad:

* ERP obunasi — $10 000
* Joriy etish — $8 000
* O‘qitish — $2 000
* Integratsiya — $5 000

Unda:

Gartner** faqat ERP obunasini hisoblaydi:
➡️ $10 000

Grand View Research software va xizmatlarning bir qismini qo‘shadi:
➡️ $20 000

Fortune Business Insights esa deyarli barcha xizmatlarni hisobga olishi mumkin:
➡️ $25 000

Xulosa: uchala tadqiqot ham bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Farq ularning ma’lumotni qanday metodologiya asosida hisoblashida.

@founderdotio
  • 👏 9
Post #412 2.16K
Founder Bir yarim oy oldin deepsales.uz loyihasidagi yigitlar bilan ishlashni boshlagandik. Bugungi kunda jamoaning oylik daromadi (MRR) $6 minga yetdi. Juda zo'r jamoa va yaxshi natijalarga erishishadi degan umiddaman. Bu natijaga o'zlarining kunlik mehnati bilan…
Deepsales jamoasining oylik daromadi (MRR) $10k dan oshdi.👍

Deepsales.uz

@founderdotio
  • 🔥 18
  • 👍 11
  • 🎉 3
Post #407 5.37K
Startapga investitsiya qayerdan jalb qilish mumkin?

Yangilangan ro’yxat

"CS// Angels" rahbari Farruh aka Maksumovva Shamsiddin aka bilan quyidagi ‘Angel investorlar’, ‘VC fondlar’, va grantlar ro’yxati yo’nalish sifatida tayyorlandi:

Angel investorlar/klublar:

- CS// Angels (Focus: early stage tech startups; check: $50K)
- Nexus Angel Club (Focus: early stage tech startups)
- Bahrom Abdukadirov

O’zbekiston Venchur fondlari:

- AloqaVentures (Focus: pre-seed startups with variety focus areas; Check: from $10K up to $2M)
- UzVC Fund of funds (Focus: Pre-seed startups; check: ~ $100K)
- IT Park Ventures (Focus: early-stage tech startups with global market potential; from $100K - $4mln)
- United Ventures (Focus: Early Stage tech focused startups; check: - )
- SQB Ventures (Focus: early stage startups)
- Hayot Ventures (Focus: pre-Seed stage regional tech startups; check: $10K-50K)
- UC Ventures (Focus: pre-seed, Seed startups (AI Tech, FinTech, SaaS, E-commerce, B2B, Game tech, Agro Tech, Telecom; avg. check: $ 50K-150K)
- Semurg VC (Focus: pre-seed, seed, growth tech focused startups; check: $50K-150K)
- AIS Ventures (Focus: pre-Seed to seed; AI, Blockchain, DeepTech; check: $25K-100K)
- Silkbridge Ventures (Focus: AI, FinTech, E-Commerce)
- Sarmo Ventures
- Paynet Ventures
- X-Togo Capital (Focus: pre-seed to seed)
- Yoshlar Ventures (Focus: pre-seed to seed; check: up to 2 bln soum)
- Imkon Ventures (Focus: pre-seed, seed startups; check: $50K-150K )
- Sturgeon Capital (Focus: tech startups)
- Domino Ventures (Focus: from seed to Series B tech startups; check: $100K up to 1M)
- Big Sky Capital (New fund with 50 mln capital. Focus: early stage companies)

Grantlar:

- President Tech Award (check: from $30K to $100K)
- World Bank MUNIS

Akseleratorlar/inkubatorlar:

- Startap Garage
- Plug and Play (Focus: FinTech, Education, Insurtech, AI)
- Google for Startups- Silkway
- Alchemist SVR
- UzCombinator
- IRA Tashkent
- Techstars
- RSBootcamp
- Red Team Accelerator
- Justart Venture Studio

Qozog’iston Venchur fondlari:

- Most Ventures (Focus: seed/Series A startups)
- BYB Capital (Focus: small and medium sized businesses and pre-product market stage <5 years; Any sector)
- MA7 Ventures (Focus: tech business projects, readymade MVP, market tested; check: from $ 150K up to 1M)
- Big Sky Capital (Focus: early stage companies)
- Activat VC (Focus: all category startups)
- Astana Hub Ventures (Focus: early-stage startups in Blockchain, AI, FinTech, GameDev, EdTech, HealthTech, SpaceTech and more, check: $ 555M investments raised for 500+ startups)
- White Hill Capital (Focus: varying stage companies)
- BGlobal Ventures (Focus: Pre-seed - Series A)
- Axiom Capital (Focus: early to growth stage)
- MyVentures (Pre-seed to Seed — $100K - $500K; Seed to Round A — $500K - $2mln)


Ozarbayjon fondi:

-Sabah fund (Focus: pre-seed, seed startups; check: from $100K up to 750K)
- Caucasus Ventures (early stage startups, $50K - $100K)

Tojikiston fondi:

-55 Group

P.S. Qoshimcha va fikrlar bo'lsa kommentda qoldiring iltimos.
Ro'yxat to'liq bo'lmasligi mumkin.

Yangilab boramiz.

PLEASE SHARE!

@founderdotio
csangels.uz CS// Angels - Where startups take flight CS//Angels is a private angel investor club in Uzbekistan, investing in top Uzbek and international tech startups at early stages.​
  • 🔥 11
  • 👏 4
  • 🤯 4
  • 👍 1
Post #405 5.79K
Sales Doctor yillik takrorlanuvchi daromad (ARR) bo‘yicha 4 million dollarlik marraga yaqinlashmoqda va biz o‘sishni jadallashtirish uchun 4–5 million dollar investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz.

Bizning missiyamiz aniq: Markaziy Osiyo va MENA mintaqasida yetakchi ERP va biznes dasturiy ta’minot platformasini yaratish hamda keyingi 3–5 yil ichida yillik daromadni 50 million dollarga yetkazish.

Hozirda jamoamizni faol ravishda kengaytirmoqdamiz, hamkorlar ekotizimini rivojlantirmoqdamiz va o‘sishni tezlashtirish uchun mahsulot innovatsiyalariga sarmoya kiritmoqdamiz.

Agar siz investor, strategik hamkor yoki ushbu yo‘nalishga qiziqadigan soha yetakchisi bo‘lsangiz, bog‘lanish va fikr almashishdan mamnun bo‘laman.

Email: otabek.suvonov@salesdoc.io
Telegram/WhatsApp: +998 99 804 55 23

@founderdotio
  • 🔥 31
  • 👍 12
Post #402 2.57K
“Sening eng katta kuching-qiyinchilik va bosim paytida ham hotirjam, yaxshi kayfiyatda va maqsadga qaratilgan holda qolishing. Boshqalar chalg’ib ketganda ham sen o’z yo’lingdan og’maysan”

Asoschi uchun bu qanchalik muhimligini bilganingizda edi…

@founderdotio
  • 👍 15
  • 🔥 9
Post #397 2.44K
Markaziy Osiyoda Venchur kapital va Angel investitsiyalar sohasida katta o'zgarishlar (boom) bo'lishiga qaramasdan pichoqqa ilinadigan EXIT va M&A bitimlar juda kam.
Yaqin orada pishib qolganlari ham ko'rinmayapti.

Buning asosiy sabablaridan biri bu bizning regionda BIG Tech, ya'ni katta strateg o'yinchilar yetarli emasligi. Faqat banklar va marketpleyslar.


Shundan kelib chiqqan holatda yangi startap boshlagan faunderlar birinchi kundan daromadli biznes qurish va intilishga e'tibor qaratsalar foydaliroq bo'larmidi degan fikr keldi.

Yana bilmadim🤷

@founderdotio
  • 👍 14
  • 🔥 5
  • 👎 1
Post #396 2.2K
How to become a top dispatcher?

Men ishlagan "Truck" kompaniya egasining (owner) fikricha bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun 60 foizdan ko'proq hissa dispetcherlarga (operation team) bog'liq bo'ladi degandi.

Shu sababdan biz dispetcherlarni tanlab olishga katta e'tibor qaratardik va 10 yillik tajriba va har xil millat vakili bilan ishlab ko'rish asosida "Eng zo'r dispatcher" anatomiyasini tuzganmiz

Top dispetcherning 3ta muhim hislati bor:

1. Yuqori darajadagi intellekt (IQ)
2. Qattiq ishlashga moyilllik (Hardworking)
3. Yuqori darajadagi konsentratsiya (Focus).

Kuzatuvlar davrida qiziq bir faktga amin bo'lganmiz: shu uchala hislatdan biri yetishmasa top bolish ehtimoli past.

-Siz yaxshi universitetda o'qigansiz va qattiq ishlashga tayyorsiz, lekin sizni chalg'itadigan uy ro'zg'or ishlari yoki 'side' projectlar bo'lishi mumkin. Ya'ni "focus"ning yo'qligi.
-Sizda kuchli aql va idrok bor va hech narsa chalg'itmaydi, ammo ko'p va qattiq ishlashga tayyor emassiz. Ya'ni "hardworking" yetarli emas.
-Sizni chalg'itadigan hech narsa yo'q va qattiq ishlashga tayyorsiz, ammo IQ darajangiz yuqori bo'lmasligi mumkin.

Har uchala holatda ham TOP dispetcher bo'lish ehtimoli juda past.

Albatta 3ta muhim hislat bo'lganda ham uzoq muddat top bo'lib qolishingiz uchun sizga conistency(doimiylik) va self discipline kerak bo'ladi.

Men kuzatgan qiziq bir holat bor: maqsadlarning kattaligi sizni uzoq vaqt davomida o'zingizni ustingizda ishalshga va top darajaga chiqishga undyadi.
Maqsadi yangi qora Gentra olish bo'lgan yigitlar bo'lardi, o'sha maqsadiga erishgandan o'sishda to'xtab qolardi va top darajadan tushib ketardi.

Agar shu skillarni rivojlantirmasangiz sizdan Numeo.ai kabi servislardagi Jack ismli "AI dispatcher"lar o'tib ketadi.

Matn homiysi Numeo.ai 🙂

@founderdotio
  • 🔥 5
  • 👍 1
Post #393 16.6K
‘Brand Awards International 26’ tomonidan “Sales Doctor” savdo va distributsiya sohasida Yetakchi IT ekotizim sifatida e’tirof etildi.

@founderdotio
  • 🔥 33
  • 👍 10
  • 🎉 3
Post #388 2.9K
Bad deals

Yomon bitimlarning asosi bu ehtiyoj.

Sizda pulga, e’tiborga va obro’ga nisbatan ehtiyojingiz bo’lsa juda ko’p holatda sizga qulay bo’lmagam yomon bitimlar tuzish ehtimolingiz baland.

Sababi muzokara olib boryaotganingizda sizga ularning puli yoki e’tibori kerak, shuning uchun siz ularning shartlariga rozi bo’lasiz.

Startapingizning daromadi yetarli bo’lmagani uchun investorning shartlariga rozi bo’lasiz.
Kvartalning yoki oyning sotuv rejasi bajarilmagani uchun sizga to’g’ri kelmagan narxda va shartlarda mijoz bilan shartnoma tuzasiz.

Yaxshi bitimlarning o’zagi esa bu “yo’q” deya olish imkoniyati.

Qachon yo’q deya olasiz? Qachonki ehtiyojingiz bo’lmasa.
Loyihangiz daromadi yetarli bo’lsa siz investor taklif qilgan shartlarga yo’q deysiz.
Sotuv rejalaringiz joyida bo’lsa muzokora paytida mijozga “yo’q” deya olasiz.

Birnchi kundan sotuv qilishga va foydaga chiqishga harakat qiling.

@founderdotio
  • 🔥 14
  • 👎 3
  • 👍 2
Post #387 2.7K
Founder Bir yarim oy oldin deepsales.uz loyihasidagi yigitlar bilan ishlashni boshlagandik. Bugungi kunda jamoaning oylik daromadi (MRR) $6 minga yetdi. Juda zo'r jamoa va yaxshi natijalarga erishishadi degan umiddaman. Bu natijaga o'zlarining kunlik mehnati bilan…
Deepsales jamoasi Aprel oyida $8,5k MRR (oylik daromadga) chiqishdi.

May oyida $10 mingdan oshishadi degan umid bor.🚀
Ularga ozroq omad kulib boqdi:)


P.S.2 ta Pree-seed va Seed bosqichidagi startaplarga Product Market Fitni topishiga yordam berishga tayyorman.

Loiyhada 2ta founder va tech co-founderi bo'lishi juda muhim.

Aloqa uchun: @osuvonov


@founderdotio
DeepSales DeepSales - AI Sales CRM with Call, Chat and Instagram Messaging Analysis DeepSales is an AI sales CRM for teams in Uzbekistan. It analyzes every call and every chat, and connects your messaging channels: a customer's Instagram Direct or Telegram message appears automatically on that customer's card in the CRM, where your team…
  • 🔥 13
  • 👍 9
  • 👏 2
  • 👎 1
Post #386 4.68K
Stanbase O'zbekistondagi startap asoschilarining mustaqil tadqiqotini, Uzbekistan Founder Portrait 2026-ni ishga tushirmoqda.

O'zbekistonlik founder kim? Nega u biznes bilan shug'ullanayapti? U nima qiyinchiliklarga duch kelmoqda va qanday maqsadni ko'zlashmoqda?

Tadqiqot jamoasi 200 dan ortiq startap asoschilarining so'rovnomalarini to'playdi, chuqur intervyular o'tkazadi va iyul oyida loyiha taqdimotida hisobotni e'lon qiladi.

Tadqiqot Founders Hub va UNDP bosh hamkorlari, shuningdek, UBS, ISFT, Red Team Accelerator va IT Park Uzbekistan strategik hamkorlari ko'magida o'tkazilmoqda. Metodologiya O'zbekistonning yetakchi venchur va ekotizim tashkilotlari hamda xalqaro institutlardan iborat edvayzerlar jamoasi tomonidan tasdiqlangan.

O'zbekistondagi startapning asoschilari va hammuassislari anonim so'rovnomada qatnashishga taklif etiladi. Bu 12-15 daqiqa vaqt oladi va O'zbekiston startap hamjamiyatining asil tizimli manzarasini yaratishga yordam beradi.

Natijalarga kirishni so'ragan ishtirokchilar tadqiqotning asosiy xulosalarini chop etilishidan oldin oladilar.

So'rovnomada qatnashish → https://forms.gle/SUoukcNSV5m6dc4p9

#UFP2026 #UzbekistanFounderPortrait2026 #Stanbase

@founderdotio
  • 🔥 5
Post #385 2.07K
Ustoz Alisher aka Yale Global Executive Leadership Program’s 2026 Cohort da o'qishlarini boshlabdilar.

Fikrimcha @IsaevFullContact_bot da juda ko'p yaxshi keyslar va bomba bilimlar bilan bo'lishadilar.
"Harvarda University"da o'qiganlarida juda ko'p foydali ma'lumotlar bilan bo'lishishgan edilar.

@founderdotio
  • 🔥 23
  • 👍 7
  • 🎉 1
Post #383 3.06K
Yangi startap boshlagan asoschilar birinchi kundan katta enterprise mijozlarga sotishga va katta summadan iborat kontraktlarga intilishadi va ko’p holatda behuda vaqt sarf qilishadi.
Men ham shunaqa bo’lganman.

Boshlang’ich davrda aslida sizga: “Uka qaerda edilar shuncha payt, mana pul qachon boshlaymiz?” deydigan kichik va og’rig’i aniq mijozlar foydaliroq bo’ladi.

Chunki birinchi kundan sotishni boshlaysiz, ishonch oshadi va “product market fit”ga intilasiz.

Mijozlar turlari haqida eslatma: https://t.me/founderdotio/41

@founderdotio
  • 🔥 13
  • 👍 4
Post #374 3.2K
Founder Men 600 000 dollarni startapga yo‘qotdim — aslida u startap 6 oy oldin “o‘lgan” edi, lekin men buni tan olishni kechiktirdim. Bir necha yil oldin men bor kuchimni va resurslarimni bir startap g‘oyasiga tikdim. Har oy pul oqib ketardi, iteratsiya ortidan iteratsiya…
“Failure is growth. Failure is learning. But sometimes, failure is just failure,"

Gavin Belson, the CEO of Hooli in the HBO series Silicon Valley.
  • 🔥 14
  • 😁 7
  • 👍 5
Post #373 4.65K
Men 600 000 dollarni startapga yo‘qotdim — aslida u startap 6 oy oldin “o‘lgan” edi, lekin men buni tan olishni kechiktirdim.

Bir necha yil oldin men bor kuchimni va resurslarimni bir startap g‘oyasiga tikdim. Har oy pul oqib ketardi, iteratsiya ortidan iteratsiya qilardik. O‘zimga doim aytardim: yana bir pivot, yana bir feature — va hammasini qaytarib olamiz. Go‘yoki chuqurga tushib ketgan bo‘lsang, undan chiqishning yagona yo‘li yana ham chuqurroq kovlashdek tuyulardi.

Aslida esa, men ancha oldin to‘xtashim kerak edi. Bozor biz kutgandek javob bermayotgandi, data esa hammasini ochiq ko‘rsatib turardi. Lekin mening egom va allaqachon sarflangan pul meni “ko‘r” qilib qo‘ydi. Oxiri loyihani yopdim — lekin bu qaror bir necha yuz ming dollar kech qabul qilindi.

Mana nima uchun founderlar bu tuzoqqa tushib qoladi:

A) Biz o‘z shaxsiyatimizni g‘oyaning muvaffaqiyati bilan bog‘lab qo‘yamiz. Shuning uchun to‘xtash — biznes qarori emas, balki shaxsiy mag‘lubiyatdek tuyuladi.

B) Qat’iyat bilan qaysarlikni adashtirib yuboramiz. Qat’iyat — tasdiqlangan muammoni yangi usullar bilan yechishga urinish. Qaysarlik esa — hech kimga kerak bo‘lmagan yechimni majburlab tiqishtirish.

C) Allaqachon sarflagan pulimizni, hali yo‘qotadigan vaqt va puldan ko‘ra ko‘proq qadrlaymiz.

D) Biz survivorship bias ichida yashaymiz — faqat oxirigacha borib yutgan founderlar hikoyasini eshitamiz, ammo minglab yutqazganlarni e’tibordan chetda qoldiramiz.

E) Bizda aniq “stop” kriteriyalar yo‘q. Agar oldindan, hissiyotlar aralashmasdan turib, qat’iy chegaralar qo‘yilmasa — maqsadlarni doim o‘zgartirib borish juda oson bo‘ladi.

Agar hozir siz ham “chuqurda” bo‘lsangiz — belkurakni qo‘ying.

Pivot qilish va loyihani yopish o‘rtasida qaror qabul qilish uchun sizning frameworkingiz qanday?

Sardor Akhemdovning Linkedin sahifasidan olindi: https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:7449630968778235904/

@founderdotio
  • 🔥 12
  • 👍 3
  • 🤔 3
Post #371 2.1K
Pitch deck dagi eng bo’rtirilgan va yolg’on ko’p ishlatilgan sahifa “Competition” sahifasi bo’lsa kerak:)

Siz yangi startap sifatida katta o’yinchilardan ustun bo’la olmaysiz.
Qaysidir kichik va muhim qismida farq qilishingiz mumkin.

@founderdotio
  • 😁 18
  • 🔥 14
  • 👍 5
Post #370 2.95K
Alpha leader syndrome

Sizning fikringizcha eng yaxshi boshqaruvchilar qanday bo'lishi kerak: qattiq qo'l va tartibli yoki ilhomlantiradigan vizyoner?

Kate Ludemanning “Alpha leader syndrome” kitobiga ko‘ra, 4 xil lider bor:

• Commander
• Visionary
• Strategist
• Executor

Va har birining o‘z kuchi va limiti bor.

1. COMMANDER (Boshqaruvchi)

Kuchli tomonlari:
• Tez qaror qabul qiladi
• Natijaga qaratilgan
• Intizom va tartib yaratadi

Zaif tomonlari:
• Avtoritar bo‘lishi mumkin
• Jamoa fikrini kam eshitadi
• Motivatsiya emas, bosim orqali ishlaydi

2. VISIONARY (Vizyoner)

Kuchli tomonlari:
• Katta rasmni (big picture) ko‘radi
• Odamlarni ilhomlantiradi
• Innovatsiya olib keladi

Zaif tomonlari:
• Detallarga e’tibor past
• Rejani oxirigacha olib bormasligi mumkin
• “Orzular” ko‘p, execution kam

3. STRATEGIST (Strateg)

Kuchli tomonlari:
• Kuchli analiz qiladi
• Risklarni oldindan ko‘radi
• Tizim quradi

Zaif tomonlari:
• Ko‘p o‘ylab, sekin harakat qiladi
• Overthinking muammosi
• Ba’zida juda murakkablashtiradi

4. EXECUTOR (Ijrochi)

Kuchli tomonlari:
• Ishni oxirigacha yetkazadi
• Intizomli va ishonchli
• Jarayonlarni nazorat qiladi

Zaif tomonlari:
• Micromanagement qiladi
• Moslashuvchanligi past
• Katta rasmni (big picture) unutishi mumkin

Real hayotdan misollar:

• Alex Ferguson — Commander + Strategist
• Pep Guardiola — Strategist + Visionary
• Steve Jobs — Visionary (lekin qattiq Commander ham)
• Jeff Bezos — Strategist + Executor

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki aniq bir liderlik turini eng to'g'ri deb aytish qiyin. Birinchi o'rinda o'zingizning tabiatingizdan kelib chiqib keyin boshqa turlardan adaptatsiya qilish foydali bo'sa kerak.

Misol uchun siz vizyonersiz va vazifa va loyihalarni ohiriga yetkazmaysiz, shunda Executor ga tegishli skillarni o'rganish kerak bo'ladi.

@founderdotio
  • 🔥 8
  • 👏 5
  • 👍 3
  • 🤯 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →