Nega bir xil bozor hajmi turli hisobotlarda har xil chiqadi? 🤔
Ko‘pchilik bunga hayron bo‘ladi.
Masalan, ERP bozori haqida bir hisobotda $80 mlrd, boshqasida $120 mlrd, yana birida $160 mlrd deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, qaysi biri to‘g‘ri?
Aslida, uchalasi ham to‘g‘ri. Sababi ular bozorni turli metodologiyalar asosida hisoblaydi.
Masalan:
Gartner
Gartner odatda faqat ERP dasturiy ta’minoti (software revenue) bozorini hisoblaydi.
Ya’ni ular quyidagilarni kiritadi:
-Litsenziyalar
-SaaS obunalari
-Maintenance (texnik qo‘llab-quvvatlash)
Ammo quyidagilarni hisobga olmaydi:
* Joriy etish (implementation)
* Konsalting
* Maxsus dasturiy ishlab chiqish (custom development)
* Integratsiya
* Trening va o‘qitish
Shu sababli Gartner keltiradigan raqam odatda eng konservativ bo‘ladi.
Grand View Research
Bu kompaniya bozorni ancha kengroq hisoblaydi.
Ularning hisob-kitobiga odatda quyidagilar kiradi:
-ERP software
-Cloud ERP
-Joriy etish (implementation)
-Qo‘llab-quvvatlash
-Professional xizmatlar
Natijada bozor hajmi kattaroq chiqadi.
Fortune Business Insights
Ular esa odatda eng keng yondashuvdan foydalanadi.
Ko‘pincha quyidagilarni ham bozor tarkibiga qo‘shadi:
-Software
-Implementation
-Konsalting
-AI modullari
-Cloud xizmatlari
-Managed services
-Ba’zan hatto infratuzilma (infrastructure) xizmatlari ham
Shu sababli ularning hisob-kitobidagi bozor hajmi odatda eng katta bo‘ladi.
Keling, buni oddiy misolda ko‘ramiz.
Faraz qilaylik, "Sales Doctor Solutions" ERP yechimini sotadi.
Mijozdan tushgan umumiy daromad:
* ERP obunasi — $10 000
* Joriy etish — $8 000
* O‘qitish — $2 000
* Integratsiya — $5 000
Unda:
Gartner** faqat ERP obunasini hisoblaydi:
➡️ $10 000
Grand View Research software va xizmatlarning bir qismini qo‘shadi:
➡️ $20 000
Fortune Business Insights esa deyarli barcha xizmatlarni hisobga olishi mumkin:
➡️ $25 000
Xulosa: uchala tadqiqot ham bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Farq ularning ma’lumotni qanday metodologiya asosida hisoblashida.
@founderdotio
Post #415
2.26K
- 👏 9