"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers)
AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni izlayotganimizda Software Connect www.softwareconnect.com degan kompaniyaga duch kelganmiz.
Ular ERP va boshqa biznes dasturlarini tanlash bo‘yicha konsalting qiladi. Eng qizig‘i — ularda avtomatlashtirishga ehtiyoji bor kompaniyalar ro‘yxati, ya’ni tayyor leadboard ham bor.
Ular bilan gaplashganimizda bizga juda qiziq bir maslahat berishdi:
Bozorda katta SaaS kompaniyalar bor. Ular oldin deyarli barcha mijozlar bilan ishlashgan.
-Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘sishdi.
-Katta mijozlar keldi.
-Check kattalashdi.
Va kichik mijozlar "yetim” qolib ketdi.
Nega?
Chunki $200–400 oylik to‘lov qiladigan mijozga ham xuddi $5,000–10,000 to‘laydigan mijozdek vaqt va resurs sarflash iqtisodiy jihatdan manfaatli emas.
Natijada katta kompaniyalar kichik mijozlarni e’tiborsiz qoldira boshlaydi.
Bizga esa:
"Aynan shu segmentga kiring. $200–400/oy to‘lay oladigan kompaniyalarni toping. Ularni tezroq jalb qilasiz va birinchi traction’ga erishasiz." deyishdi.
Bu menga bitta muhim narsani yana bir bor ko‘rsatdi: Bozorda har doim “xizmat ko‘rsatilmayotgan” mijozlar bo‘ladi.
Katta o‘yinchilar ularni kichik deb hisoblaydi.
Siz uchun esa ular — 'eng yaxshi beachhead' bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun yangi startup boshlayotgan bo‘lsangiz, faqat:
"Bozor qanchalik katta?”
deb so‘ramang.
Yana bir savol bering:
"Kimga bozordagi katta o‘yinchilar yetarlicha xizmat ko‘rsatmayapti?”
Balki sizning birinchi 50–100 ta mijozingiz aynan o‘sha yerda kutib turgandir.
@founderdotio
P.S. Leadboard ko'rinishi kommentariyda
Post #439
1.18K
- 👍 21
- 🔥 4