TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.62K subscribers
Post #441 1.27K

Forwarded from Otabek | B2B insights

"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim?

Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi.

​1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak.

Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak.

​2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv.

Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman».

​3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish.

Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi.

​4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish.

Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi».

Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish.

​Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy".


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 10
  • 👍 1
More from @founderdotio
  1. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  2. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
  3. Sep 18, 2026https://digitalbusiness.kz/2026-09-18/uzbekistanets-zapustil-servis-po-avtomatizatsii-dist…
  4. Sep 15, 2026Men bilan birga eksperimental kichik loyiha qilish imkoniyati. “Sales Doctor”da eksperimen…
  5. Sep 15, 2026"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers) AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni…
  6. Sep 12, 2026🤔 @founderdotio
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →