TGViewer
Channel Public Channel
Otabek | B2B insights

Otabek | B2B insights

@otabek_b2b_insights

Savdo sohasida 16 yillik, B2Bda 8 yillik amaliyotchi ekspert.

500+ biznesni avtomatlashtirgan, 100+ shogird chiqargan B2B trener.

Faqat amaliy insaytlar, muzokaralar va yirik bitimlar.

Hamkorlik: @Otabek_Sulaymonov
Subscribers
222
Photos
0
Videos
0
Links
0
Recent Posts 20 shown
Post #66 1.46K
"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim?

Oxirgi vaqtlar directga shunaqa savollar juda koʻp kelyapti. Shu savabli umumiy qilib javob berdim. Lekin javob uzunroq boʻldi.

​1-qadam. Sotayotgan mahsulotga 100% ishonch xosil qilishim kerak.

Kompaniyada albatta ishlab chiqarish, xaridlar yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limi bor. Ular ishlayaptimi, demak o‘z mahsulotini va ishini yaxshi ko‘radi. Men ularning oldiga borib shunday degan bo‘lardim: «Yigitlar, mendan kofe, menga o‘z qimmatli vaqtingizdan 1 soat ajratib bering. Nima va qanday qilayotganimizni eng mayda tafsilotlarigacha tushunmoqchiman. Sotayotgan narsamning ashaddiy fanatiga aylanishimga yordam bering. Menga barcha nozik taraflarini ko‘rsating». Yani sotayotgan xizmat yoki mahsulot xaqiqatdan ham mijozni ogʻriqlariga yechim boʻla olashiga ishonch xosil qilishim kerak.

​2-qadam. Eng TOP xodim bilan uchrashuv.

Keyin eng natijali xodimni topib, uni ham kofega taklif qilardim. Agar bunday xodim bo‘lmasa bu rahbar yoki hatto kompaniya egasi bo‘lishi mumkin. Va shunday derdim: «Men jamoada juda qadrli o‘yinchi bo‘lishni xohlayman. Ko‘p sotish bo‘yicha bilgan barcha narsangizni aytib bering. Eng muhim qilinadigan va umuman qilish mumkin bo‘lmagan narsalar nima? Qanday finkalar, muvaffaqiyatli usullar bor? Menga hammasini aytib bering, eng zo‘r shogird bo‘lishga va'da beraman».

​3-qadam. Hujum hajmi bo‘yicha birinchi bo‘lish.

Keyin 1 va 2-qadamdagi bilimlarni birlashtirib, eng ko‘p hajmda ishlaydigan menejer bo‘lishga harakat qilardim. Eng ko‘p uchrashuvlar, prezentatsiyalar o‘tkazish, eng ko‘p qo‘ng‘iroq qilish va bazaga(obrabotkaga) eng ko‘p mijozni olish. Bu bosqichda vazifa amaliyotni ko‘paytirish va bilimlarni qo‘llash. Shuning o‘zidayoq hayratlanarli natijalar bo‘ladi.

​4-qadam. Yetakchilar safiga chiqish.

Bu yerda natijalar va bitimlar bo‘ladi, lekin hali ulkan bo‘lmaydi. TOP bo‘lish uchun — mendan sotib olmagan BARCHA mijozlarga qayta qo‘ng‘iroq qilib, shunday derdim: « Eshmat aka, men Toshmatman, menejeringizman, esizdami? Siz o‘shanda sotib olmagandingiz. Nima sababli qo‘ng‘iroq qilyapman? Men kompaniyamda eng zo‘r menejer bo‘lishni va o‘sishni xohlayman. Buning uchun ko‘proq sotishim kerak. Lekin sizni ko‘ndira olmaganman. Menga yordam bering. Nima xato qildim? Qayerda bilimim yetmadi? Ko‘proq sotishim uchun nimani o‘zgartirishim, kuchaytirishim kerak? Maslahat bering, qanchalik ochiqcha aytsangiz — shuncha yaxshi».

Agar bu mijozlarga qoʻngʻiroq qilishni xoxlamasangiz boshqa yoʻli shu mijozlar bilan boʻlgan suxbatni audio zapisini tajribali mutaxasis bilan eshitib chiqish va u mutaxasisdan feedback olish.

​Keyin barcha ma'lumotlarni tahlil qilib, qonuniyatlarni ko‘rib, xatolarimni tuzatardim va ko‘rsatkichlar bo‘yicha hammani ortda qoldirardim. Ko‘rib turganingizdek, eng zo‘r sotuvchi bo‘lish juda oddiy".


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 9
  • 👍 2
Post #65 312
"Tasavvur qiling: Mijoz siz bilan uchrashuvgacha 3-4 ta raqobatchingiz bilan gaplashib chiqqan. Standart sotuvchilar darhol o‘z mahsulotini maqtashni boshlaydi.

​Siz esa bunday qilmang! Buning o‘rniga ushbu savolni bering:

​"Avvalgi yetkazib beruvchilar bilan uchrashuvlarda oxirigacha yechimini topa olmagan yoki javobsiz qolgan muayyan masalalaringiz bormi?"

Keyingi qadam:
Mijoz raqobatchilarning zaif tomonini o‘zi aytib beradi. Siz esa o‘z taqdimotingizni aynan ushbu bo‘shliqni va muammoni yopadigan afzalliklaringiz ustiga qurasiz.

​Raqobatchilaringiz e'tiborsiz qoldirgan joyni to‘ldiring va g‘olib bo‘ling!"


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 9
  • 👍 3
Post #64 287
​"Mijozga faqat pul va vaqt tejashni emas, yashirin foydalarni ham ko‘rsating. Ular emotsiyalar va shaxsiy vaqt bilan bog‘liq bo‘ladi.

​Yashirin foydalarga misollar.

​Hayot sifatining yaxshilanishi

Imidj va obro‘ning oshishi

Emotsional qoniqish hamda individuallik

Yangi foydali tanishuvlar va netvorking

Mijozning o‘zini targ‘ib qilishi

Yaqinlari va jamoasiga foyda yetkazish

Shaxsiy brendi yoki kompaniyasi PR bo‘lishi

​Mijozlar ko‘pincha aynan mana shu emotsional va yashirin afzalliklar uchun ko‘proq pul to‘lashga tayyor bo‘lishadi.
"

@otabek_b2b_insights
  • 🔥 5
  • 👍 2
Post #63 284
"​Qimmat e’tirozi hech qachon bir xil ma’noni anglatmaydi.

​Ba’zi mijozlar uchun qimmat bu boshqasi bilan solishtirganda qimmatroq degani.

Boshqalar uchun qimmat shunchaki chegirma qilib bering degani.

Uchinchi toifa uchun qimmat bu berilayotgan naf va foydani ko‘rmadim degani.

To‘rtinchisi uchun qimmat hozir pulim yetarli bo‘lmagani uchun xaridga tayyor emasman degani.

Beshinchisi uchun esa qimmat men bunday narxni kutmagandim degani.

​Shuning uchun ushbu e’tiroz bilan ishlashdan oldin, aynan ushbu mijoz «qimmat» deganda nimani nazarda tutayotganiga har doim aniqlik kiriting".


@otabek_b2b_insights
  • 👍 5
  • 🤔 2
Post #62 2.69K
Otabek | B2B insights "Mijozlar mahsulotingizni emas, balki u beradigan NATIJANING emotsiyasini sotib olishadi!" @otabek_b2b_insights
Biznesda va savdoda JTBD (Jobs to be Done) degan kuchli konseptsiya bor. Bu insonlar mahsulotni shunchaki sotib olmasdan, ma'lum bir vazifani bajarish uchun uni «ishga yollaydi» degan konseptsiya.

Misol: O‘t o‘radigan mashina sotib olgan kishiga texnika emas, balki qo‘shnilar havas qiladigan chiroyli hovli kerak.

Har bir insonning maqsadi yaxshiroq bo‘lishdir. Mahsulot esa unga shu yo‘lda yordam berishi kerak."


@otabek_b2b_insights
  • 👍 6
  • 🔥 5
  • 🎉 1
  • 👌 1
Post #61 394
"Mijozlar mahsulotingizni emas, balki u beradigan NATIJANING emotsiyasini sotib olishadi!"

@otabek_b2b_insights
  • 👍 3
  • 🤔 1
  • 💯 1
Post #60 340
"B2B savdoda passiv(lid) kutib o‘tirish bu bozor ulushini o‘z qo‘lingiz bilan boy berishdir.

​Agar siz va jamoangiz aktiv savdo (sovuq qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar, proaktiv takliflar) bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsangiz aslida sizniki bo‘lishi va daromad keltirishi mumkin bo‘lgan mijozlarni raqobatchilaringizga shunchaki sovg‘a qilib yuboryapsiz!

​Mijoz sizni topishini kutmang, ularning yoniga o‘zingiz birinchi bo‘lib boring!"


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 4
  • 👍 1
Post #59 331
​"Oddiy bizneslar raqobatchiga qarab narx qo‘yadi va hammaga o‘xshashga urinadi. Lekin raqobatchingiz narx borasida to'g'ri qaror qabul qilgan deb kim kafolat beradi?

​Muvaffaqiyatli bizneslar esa boshqacha yo‘l tutadi. Raqobatchilardan o‘zib ketish uchun kutilmagan qadamlar kerak.

​Kutilmagan marketing, kutilmagan mahsulot va strategiya.

​Kutilmaganlik — bu sizning bosh ko‘ziringiz(jo'ker)!"


@otabek_b2b_insights
  • 👍 6
  • 🔥 3
  • 👏 1
Post #58 348
"Mijoz bilan uchrashuvga borayotganda nima sotishni emas, unga qanday foyda keltirishni o‘ylang.

«Sotmoqchiman» o‘rniga «Yordam bermoqchiman» yondashuvini qo‘llang.

Birinchi holatda siz ko‘plab sotuvchilardan birisiz, ikkinchisida esa kamyob biznes-suhbatdoshsiz. Aynan shu sizni raqobatchilardan ajratib turadi"


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 5
  • 👍 2
Post #57 284
"O‘rganishni xohlamaydigan sotuvchilar qiymatni qadrlovchi mijozlarni topish o‘rniga, "hamma mijozga faqat arzon narx kerak" deb o‘zlarini ovutishadi.

Narxga oxirgi navbatda qaraydigan mijozlarni topish yechimi juda oddiy bo‘lishiga qaramay, bu ularning qo‘lidan kelmaydi".


@otabek_b2b_insights
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 🤔 1
Post #56 299
"Nimanidir sotishning 3 ta darajasi bor:

1) Quruq mahsulot.

2) Mahsulot + qo‘shimcha xizmatlar (qo‘shilgan qiymat).

3) Mahsulot + bilim + ekspertiza (mijoz biznesini o‘stirish).

Agar shunchaki quruq mahsulot sotayotgan bo‘lsangiz, faqat narx bilan raqobatlashasiz. Bu esa ayanchli, chunki sizdan arzonroq beradigan raqobatchi doim topiladi.

Mijozga tovar emas, EKSPERTIZA va BIZNESIGA QIYMAT sotishni boshlang!"


@otabek_b2b_insights
  • 👍 5
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 🤔 1
Post #55 282
"Mavjud mijozga qo‘ng‘iroq qilish uchun 10 ta sabab:

Yangi mahsulot sotish
Ma'lumot olish
Ma'lumot berish
Kelajak uchun zamin yaratish
Mijoz mamnunligiga ishonch hosil qilish
Norozilikni hal etish
Tavsiya so‘rash
Fikrini bilish va maslahatlashish
Uni boshqalarga tavsiya qilishi
Bayram bilan tabriklash

Yana qanday sabablarni bilasiz? Izohlarda yozing
".

@otabek_b2b_insights
  • 👍 7
  • 🔥 3
  • 🤔 1
Post #54 319
"Haqiqiy B2B sotuvchi bu har qanday vaziyatda yangi bitim imkoniyatini ko‘ra oladigan inson.

Misol uchun aytaylik:
Biznes markazga mijoz bilan uchrashuvga ketyapsiz. Buning uchun siz vaqt energiya resurs sarfladiz. Endi shu borgan joyizda faqat 1ta mijoz uchun borishdan yomoni yoʻq. Borgandan keyin boshqa kompaniyalarni ham koʻrib gaplashib aloqa oʻrnatish kerak.

Yokida boshqa shaxarga uchrashuvga ketyapsiz nega 1ta mijoz bilan koʻrishib kelish kerak?
Shu shaxardagi potensial mijozlarni roʻyxatini tuzib uchrashuvlar belgilab tayyorgarlik koʻrib borish kerak.

Yana misol. Eng oddiysi samalyotda uchyapsiz yonizdagi yoʻlovchilar bilan yaqindan tanishib sotuv qilish, mana shu eng zoʻr b2b sotuvchilari xisoblanadi
".

@otabek_b2b_insights
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • 🤔 1
Post #53 288
"Mijoz arzon narxdan xursand bo‘lishi mumkin, lekin mahsulot yoki xizmat sifatsiz chiqsa, u arzon olganini tezda unutadi va alamini uzoq vaqt saqlab yuradi.

Yuqori sifat esa uzoq muddatli sodiqlik va minnatdorlikni beradi".
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 🤔 1
Post #52 302
Otabek | B2B insights Endi shu joyda bir savol keladi: Agar kompaniya egasi O‘ZINGIZ bo‘lganingizda, mijoz sal xarxasha qilishi bilan sof foydangizni qirqib, chegirma bergan bo‘larmidingiz? Javobini komentariyaga yozilar.
"Men savdo menejerlariga tez-tez bu savolni beraman:

Bilasizmi, 80% holatda javob bitta bo‘ladi: «YO‘Q!»

Chunki hech kim o‘z cho‘ntagidan chiqqan pulni shunchaki birovga berib yuborgisi kelmaydi.

Lekin gap kompaniyaga kelganda-chi? Afsuski, ko‘pchilik xodimlar uchun kompaniya o‘ziniki emas. Ularning maqsadi - qo'yilgan rejani yopish, oylik va bonusni olish, qolgani esa qiziq emas. Lekin haqiqiy professionalizm va kompaniyaga bo‘lgan hurmat boshqa joyda ko‘rinadi.

Men har doim o‘z jamoamga bitta oltin qoidani uqtiraman: «Har bir jarayonga - xuddi bu biznes o‘zingizniki bo‘lgandek yondashing!»

Qachonki sotuvchi, marketolog yoki operatsion xodim har bir qarorga "bu mening shaxsiy biznesim" degan nuqtai nazar bilan qarashni boshlasa, u har bir harakatidan oldin 7 marta o‘ylab, keyin qadam tashlaydi.

Bu qoida faqat savdoga emas, kompaniyadagi barcha xodimlarga va barcha jarayonlarga tegishli!"
.

@otabek_b2b_insights
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 🤔 1
Post #51 212
Endi shu joyda bir savol keladi:

Agar kompaniya egasi O‘ZINGIZ bo‘lganingizda, mijoz sal xarxasha qilishi bilan sof foydangizni qirqib, chegirma bergan bo‘larmidingiz?

Javobini komentariyaga yozilar.
  • 🔥 3
  • 🤔 3
  • 👍 2
Post #50 260
"Sotuvchining vazifasi — mijozdan pulni olish.

Menejer chegirma berganda, u pulni olayotgan emas, kompaniya foydasini mijozga berayotgan bo‘ladi. Mijoz jalb qilish uchun pul sarflash - bu marketologlarning ishi.

Otkad berganda ham u pulni olmaydi, beradi. Haqiqiy sotuvchi chegirmasiz ham qiymatni sotishni bilishi kerak!"


@otabek_b2b_insights
  • 💯 3
  • 👍 2
  • 🤔 2
Post #49 209
"O‘zingiz va kompaniyangiz haqida aytgan gaplaringiz mijoz uchun hech narsani anglatmaydi.

Mijozlaringiz siz haqingizda nima deyotgani – mana shu haqiqiy qiymatdir!"


@otabek_b2b_insights
  • 👍 3
  • 👌 2
  • 🤔 1
  • 💯 1
Post #48 214
"Savdo ko‘rsatkichlari pastligida darrov sotuvchini yomonlash eng oson yo‘l.

Lekin haqiqat shundaki: Yomon savdo menejerlari bo‘lmaydi, shunchaki yetarlicha bilim va ko‘nikma berilmagan xodimlar bo‘ladi.

Natija xohlasangiz - avval jamoani o‘qiting!"


@otabek_b2b_insights
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • 🤔 1
Post #47 255
Mijoz bilan uchrashuv tayinlayotganda uning miyasi qachon eng yaxshi holatda bo‘lishini o‘ylaysizmi?

Olimlar va amaliyotchilar muzokara uchun 2 ta eng zo‘r vaqtni ajratishadi:

Soat 11:00 (Analitika va optimizm piki).

"Bu vaqtda mijozning miyasi murakkab raqamlar va tahlillarni osongina qabul qiladi. Eng muhimi u tijorat taklifingizga va kelajakdagi hamkorlikka ijobiy (optimistik) ko‘z bilan qaraydi.

Soat 18:00 (Kreativlik va diqqatni jamlash).

Kun oxirida ijodiy fikrlash darajasi ko‘tariladi, nostandart yechimlarni muhokama qilish va e’tiborni yakuniy shartlarga qaratish osonlashadi.

Nega tushki vaqt xato?
Tushdan keyin ko‘pchilikda energiya tushib ketadi, insonlar negativroq fikrlay boshlaydi va miyani qiyin qarorlar bilan zo‘riqtirgisi kelmaydi".


@otabek_b2b_insights
  • 👍 5
  • 🔥 2
  • 🤔 1
Older posts →

About this channel

How can I read @otabek_b2b_insights without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Otabek | B2B insights: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Otabek | B2B insights have?
Otabek | B2B insights (@otabek_b2b_insights) has 222 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Otabek | B2B insights know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →