TGViewer
Founder Founder @founderdotio · 2.62K subscribers
Post #373 4.65K
Men 600 000 dollarni startapga yo‘qotdim — aslida u startap 6 oy oldin “o‘lgan” edi, lekin men buni tan olishni kechiktirdim.

Bir necha yil oldin men bor kuchimni va resurslarimni bir startap g‘oyasiga tikdim. Har oy pul oqib ketardi, iteratsiya ortidan iteratsiya qilardik. O‘zimga doim aytardim: yana bir pivot, yana bir feature — va hammasini qaytarib olamiz. Go‘yoki chuqurga tushib ketgan bo‘lsang, undan chiqishning yagona yo‘li yana ham chuqurroq kovlashdek tuyulardi.

Aslida esa, men ancha oldin to‘xtashim kerak edi. Bozor biz kutgandek javob bermayotgandi, data esa hammasini ochiq ko‘rsatib turardi. Lekin mening egom va allaqachon sarflangan pul meni “ko‘r” qilib qo‘ydi. Oxiri loyihani yopdim — lekin bu qaror bir necha yuz ming dollar kech qabul qilindi.

Mana nima uchun founderlar bu tuzoqqa tushib qoladi:

A) Biz o‘z shaxsiyatimizni g‘oyaning muvaffaqiyati bilan bog‘lab qo‘yamiz. Shuning uchun to‘xtash — biznes qarori emas, balki shaxsiy mag‘lubiyatdek tuyuladi.

B) Qat’iyat bilan qaysarlikni adashtirib yuboramiz. Qat’iyat — tasdiqlangan muammoni yangi usullar bilan yechishga urinish. Qaysarlik esa — hech kimga kerak bo‘lmagan yechimni majburlab tiqishtirish.

C) Allaqachon sarflagan pulimizni, hali yo‘qotadigan vaqt va puldan ko‘ra ko‘proq qadrlaymiz.

D) Biz survivorship bias ichida yashaymiz — faqat oxirigacha borib yutgan founderlar hikoyasini eshitamiz, ammo minglab yutqazganlarni e’tibordan chetda qoldiramiz.

E) Bizda aniq “stop” kriteriyalar yo‘q. Agar oldindan, hissiyotlar aralashmasdan turib, qat’iy chegaralar qo‘yilmasa — maqsadlarni doim o‘zgartirib borish juda oson bo‘ladi.

Agar hozir siz ham “chuqurda” bo‘lsangiz — belkurakni qo‘ying.

Pivot qilish va loyihani yopish o‘rtasida qaror qabul qilish uchun sizning frameworkingiz qanday?

Sardor Akhemdovning Linkedin sahifasidan olindi: https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:7449630968778235904/

@founderdotio
  • 🔥 12
  • 👍 3
  • 🤔 3
More from @founderdotio
  1. Sep 23, 2026Ey yosh startaper shuncha ish turganda sen “ICT Week”da yuribsan. Shuni o’rniga 4 ta mijoz…
  2. Sep 20, 2026“Superior sales and distribution by itself can create a monopoly, even with no product dif…
  3. Sep 18, 2026https://digitalbusiness.kz/2026-09-18/uzbekistanets-zapustil-servis-po-avtomatizatsii-dist…
  4. Sep 16, 2026"​Agar men eng zo‘r savdo menejeri bo‘lishni xohlaganimda nima qilgan bo‘lardim? Oxirgi va…
  5. Sep 15, 2026Men bilan birga eksperimental kichik loyiha qilish imkoniyati. “Sales Doctor”da eksperimen…
  6. Sep 15, 2026"Yetim qolgan mijozlar" (unserved customers) AQSH bozoriga kirib, birinchi mijozlarimizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →