Alpha leader syndrome
Sizning fikringizcha eng yaxshi boshqaruvchilar qanday bo'lishi kerak: qattiq qo'l va tartibli yoki ilhomlantiradigan vizyoner?
Kate Ludemanning “Alpha leader syndrome” kitobiga ko‘ra, 4 xil lider bor:
• Commander
• Visionary
• Strategist
• Executor
Va har birining o‘z kuchi va limiti bor.
1. COMMANDER (Boshqaruvchi)
Kuchli tomonlari:
• Tez qaror qabul qiladi
• Natijaga qaratilgan
• Intizom va tartib yaratadi
Zaif tomonlari:
• Avtoritar bo‘lishi mumkin
• Jamoa fikrini kam eshitadi
• Motivatsiya emas, bosim orqali ishlaydi
2. VISIONARY (Vizyoner)
Kuchli tomonlari:
• Katta rasmni (big picture) ko‘radi
• Odamlarni ilhomlantiradi
• Innovatsiya olib keladi
Zaif tomonlari:
• Detallarga e’tibor past
• Rejani oxirigacha olib bormasligi mumkin
• “Orzular” ko‘p, execution kam
3. STRATEGIST (Strateg)
Kuchli tomonlari:
• Kuchli analiz qiladi
• Risklarni oldindan ko‘radi
• Tizim quradi
Zaif tomonlari:
• Ko‘p o‘ylab, sekin harakat qiladi
• Overthinking muammosi
• Ba’zida juda murakkablashtiradi
4. EXECUTOR (Ijrochi)
Kuchli tomonlari:
• Ishni oxirigacha yetkazadi
• Intizomli va ishonchli
• Jarayonlarni nazorat qiladi
Zaif tomonlari:
• Micromanagement qiladi
• Moslashuvchanligi past
• Katta rasmni (big picture) unutishi mumkin
Real hayotdan misollar:
• Alex Ferguson — Commander + Strategist
• Pep Guardiola — Strategist + Visionary
• Steve Jobs — Visionary (lekin qattiq Commander ham)
• Jeff Bezos — Strategist + Executor
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki aniq bir liderlik turini eng to'g'ri deb aytish qiyin. Birinchi o'rinda o'zingizning tabiatingizdan kelib chiqib keyin boshqa turlardan adaptatsiya qilish foydali bo'sa kerak.
Misol uchun siz vizyonersiz va vazifa va loyihalarni ohiriga yetkazmaysiz, shunda Executor ga tegishli skillarni o'rganish kerak bo'ladi.
@founderdotio
Post #370
2.95K
- 🔥 8
- 👏 5
- 👍 3
- 🤯 1